Get Mystery Box with random crypto!

#tabrik #Мustaqillik #vazirlik #qutlovlar O‘ZBEKISTON RESPUBL | QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI

#tabrik #Мustaqillik #vazirlik #qutlovlar

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ XO‘JALIGI VAZIRLIGI NOMIDAN MUSTAQILLIK KUNI BILAN BARCHANI SAMIMIY MUBORAKBOD ETAMAN.

Bu yili milliy bayramimiz «O‘zbekistonda el aziz, inson aziz» shiori ostida nishonlanmoqda.

So‘nggi yillarda barcha yo‘nalishlarda ijobiy o‘zgarishlar ro‘y beryapti. Xususan, qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar alohida e’tiborga molik bo‘lib, ular doirasida qishloq xo‘jaligida davlatning roli qayta ko‘rib chiqilmoqda, bozor munosabatlariga o‘tish, agrar sektorni diversifikatsiyalash targ‘ib etilmoqda, yer masalasiga hamda tabiiy resurslar - suv va tuproqdan foydalanishga oqilona, hosildorlik va ekologik tozalikni saqlash nuqtai nazaridan yangicha yondashilmoqda. Sanoatni jadal raqamlashtirish, agrar sohada ilm-fan va ta’limni rivojlantirish masalalariga katta e’tibor qaratilmoqda.

Ushbu shukuhli kunlarda har bir xonadonga sihat-salomatlik, farovonlik, tinchlik-xotirjamlik, oilaviy baxt-saodat tilayman.

Davlatimiz va xalqimiz erishayotgan yutuq va muvaffaqiyatlar bardavom, turmushimiz farovon, hayotimiz to‘kin va mahsuldor bo‘lsin!

Bayramingiz muborak!


Aziz Voitov,
O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri