Get Mystery Box with random crypto!

#prezident #mustaqillik 'Albatta, bunday keng ko‘lamli vazifa | QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI

#prezident #mustaqillik

"Albatta, bunday keng ko‘lamli vazifalarni amalga oshirishda oldimizda turli qiyinchilik va muammolar paydo bo‘lishi tabiiy hol. Lekin o‘z tarixida qancha-qancha sinov va mashaqqatlarni boshidan kechirgan mard va matonatli xalqimiz har qanday qiyinchilikni yengib o‘tishga qodir. Men bunga qat’iy ishonaman.

Asosiy muallifi va ijodkori xalqimiz bo‘lgan – yangilanayotgan Konstitusiyamiz bu yo‘lda mustahkam huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi.

Asosiy qonunimizni shoshilmasdan, chuqur o‘ylab, xalqimiz bilan maslahat qilib, faqat umumxalq referendumi asosida qabul qilamiz.

Ishonchim komil, Yangi Konstitusiyamiz chinakam xalq Qomusi, chinakam xalq Konstitusiyasi bo‘ladi", dedi Prezident.

https://t.me/Press_Secretary_Uz/2326