Get Mystery Box with random crypto!

#prezident #mustaqillik Davlatimiz rahbari bugun Yangi O‘zbek | QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI

#prezident #mustaqillik

Davlatimiz rahbari bugun Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi jadal amalga oshirayotganini ta’kidladi.

"Yangi O‘zbekiston:

– har bir fuqaroning hayotini yanada yaxshilash maqsadida davlat xizmatlaridan foydalanish uchun keng imkoniyatlar beradigan;

– odamlar o‘z muammolari haqida ochiq gapirishi va ularning yechimi uchun birgalikda harakat qilishlariga barcha sharoitlar mavjud bo‘lgan;

– hamma uchun adolatni so‘zsiz ta’minlash imkoniyatini beradigan hamda fuqarolari ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, qonun oldida teng bo‘lgan;

tadbirkorlikning rivojlanishi uchun zarur sharoitlar yaratilgan davlatdir.

Bir so‘z bilan aytganda, Yangi O‘zbekiston deganda, har bir fuqarosi uchun g‘amxo‘rlik qiladigan, ochiq va adolatli jamiyat ham tushuniladi”, dedi Prezident.

https://t.me/Press_Secretary_Uz/2324