Get Mystery Box with random crypto!

#Prezident #Mustaqillik_bayrami Bugun, 31-avgust kuni erta | QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI

#Prezident #Mustaqillik_bayrami

Bugun, 31-avgust kuni erta tongda davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev va hukumat aʼzolari qatag‘on qurbonlarini yod etish uchun Shahidlar xotirasi xiyoboniga tashrif buyurishdi. Ushbu maskanda Qurʼon tilovat qilinib, o‘tganlar haqiga duo qilindi.

Shundan so‘ng navbatdagi tashrif manzili "Yangi O‘zbekiston" bog‘i bo‘ldi. Prezident Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘ydi.

Yurtboshimiz mamlakatimiz mustaqilligining 31 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbirida ishtirok etib, xalqimizga tabrik yo‘llaydi.

https://t.me/Press_Secretary_Uz/2317