Get Mystery Box with random crypto!

#Til_bor–millat_bor BAMA’NI - [ba+ ma’ni] 1.Aql-idrok bilan, | O’zagrolizing

#Til_bor–millat_bor

BAMA’NI - [ba+ ma’ni]

1.Aql-idrok bilan, puxta o‘ylab aytilgan, ma’noli; axloq-odobli.
Yuragida kiri yo‘q, gaplari bama’ni, o‘zini ko‘rgan kishining ko‘zi quvnaydi, sho‘xligi, qo‘ying-chi, barcha qiliqlari o‘ziga yarashadi. K. Yashin, Hamza.

Ko‘pchilik xonadolar kabi Yigitalinikida ham osoyishtalik hukm surar, bu ikki yosh o‘zlarining bama’ni o‘tirishlari bilan quyilib qolgan nafaqador chol-kampirlarni eslatishardi. D. Nuriy, Osmon ustuni.

2. Puxta, o‘ylab ish qiladigan, o‘zini tutib olgan.
Ko‘rimsizgina bo‘lsa ham, ancha esli, bama’ni, hunariga juda berilgan qiz ekan.
A. Muxtor, Chinor.

Menga bu hokimlaring ma’qul keldi. Ochiq, bama’ni odam ekan. K. Yashin, Hamza.