Get Mystery Box with random crypto!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-fevraldagi | O’zagrolizing

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-fevraldagi “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6166-sonli Farmonini hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 31-martdagi “O‘zbekiston Respublikasi hukumati tizimidagi davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari va boshqa tashkilotlarning ijro intizomiga mas’ul tarkibiy bo‘linmalari rahbarlarini lavozimga tayinlashni va ularning faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 171-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, joriy yilning 10-dekabr kuni “O‘zagrolizing” AJ Ijroiya apparatida “Ijro intizomini nazorat qilish, Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashga bo‘lgan yangi talablar” mavzusida o‘quv seminar bo‘lib o‘tdi.
Unda Jamiyatning Qoraqalpog‘iston Respublikasi va hududiy filiallari hamda tizim korxonalarning ish yuritish va hujjatlar bilan ishlovchi mas’ul xodimlari ishtirok etdilar.

“O‘zagrolizing” AJ
Matbuot xizmati