Get Mystery Box with random crypto!

Milliy reytingda “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti birinc | Abituriyent Onlayn

Milliy reytingda “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti birinchi o‘rinni egalladi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tashkil etilgan “INNOWEEK-2023” xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi davomida oliy ta’lim muassasalarining 2022 yildagi faoliyati samaradorligi bo‘yicha milliy reytingi e’lon qilindi. Reytingda “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti birinchi o‘rinni egalladi.

“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti so‘nggi uch yil davomida respublika oliy ta’lim muassasalari milliy reytingida 1-o‘rinni egallab kelmoqda.

Shuningdek, “INNOWEEK-2023” xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi davomida Respublika akademik litseylari reytingi ham e’lon qilindi. “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetidan o‘rnak olgan holda, 2022 yildagi faoliyat samaradorligi bo‘yicha Respublika akademik litseylari reytingida birinchi o‘rinni «TIQXMMI» MTU «International House Tashkent» akademik litseyi qo‘lga kiritdi.


Barcha abituriyentlarga tarqating

Abituriyentlar uchun eng so‘ngi va ishonchli yangiliklar bizning kanalda

@uzabt

Telegram | Youtube | Instagram