Get Mystery Box with random crypto!

O‘zbekistonda deepfake tayyorlaganlik uchun jinoiy jazo kuchay | Abituriyent Onlayn

O‘zbekistonda deepfake tayyorlaganlik uchun jinoiy jazo kuchaytiriladi

O‘zbekiston parlamenti yuqori palatasining navbatdagi yalpi majlisida yangi qonun loyihasini ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan va bu majlis doirasida «deepfake» (neyron tarmoqlardan foydalangan holda yaratilgan soxta foto, audio va video materiallarni reallashtirishga harakat qilish) uchun jazo choralarini kuchaytirish rejalashtirilgan, deb xabar beradi PodrobnoUzmuxbiri.

Maʼlumki, keyingi paytlarda Internet jahon axborot tarmog‘idan foydalangan holda bir qator shaxslarning mobil qurilmalarini hamda ijtimoiy tarmoq va messenjerlardagi akkaunt yoki kanallarini zararli dastur yuborish yo‘li bilan bloklab (to‘sib) qo‘yish, maʼlumotlarini o‘chirib yuborish, o‘zgartirish yoki olib qo‘yish bilan qo‘rqitib, pul yoki boshqa moddiy manfaatdorlik talab qilish holatlari ro‘y bermoqda.

Kibermakonda shaxslarning fotosurati, ovozi va boshqa biometrik maʼlumotlarini maxsus dasturlar yordamida soxtalashtirish holatlari ham uchrab turibdi.

Yangi qonun yuqori palata tomonidan maʼqullangach, u prezident tomonidan imzolanishi kerak. Shundan keyingina u kuchga kiradi.

cyber-bro.uz | Telegram | Instagram