Get Mystery Box with random crypto!

Professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari 20 | Abituriyent Onlayn

Professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari

2023-2024-o‘quv yili uchun professional ta’lim muassasalari (kollej va texnikum) ga kirish test sinovlari 2023-yil 26-29-sentabr kunlari 2 smenada o‘tkaziladi. Bunda test sinovlari:

-smenada 08:00 dan 11:00 ga qadar;
-smenada 15:00 dan 18:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

Test sinovi kasb va mutaxassislikka mos 2 ta fan va barcha test topshiruvchilar uchun majburiy bo‘lgan 3 ta fan (ona tili, matematika, O‘zbekiston tarixi) dan o‘tkaziladi.

Unda talabgorlarga mutaxassislik fanlaridan 30 tadan, majburiy fanlardan 10 tadan jami 90 ta test topshirig‘i va ularni ishlash uchun 3 soat vaqt ajratiladi.

Test sinovlarida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ball bo‘lib, har bir to‘g‘ri javob uchun:

1-mutaxassislik fanida — 3,1 balldan (jami 93 ball);
2-mutaxassislik fanida — 2,1 balldan (jami 63 ball);
majburiy fanlarda — 1,1 balldan (jami 33 ball) beriladi.

Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytidan yuklab olishlari mumkin.

Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida 1 soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelishlari so‘raladi.

@uzabt