Get Mystery Box with random crypto!

Andijonda Varshava menejment universiteti filiali tashkil etil | Abituriyent Onlayn

Andijonda Varshava menejment universiteti filiali tashkil etildi

Hukumat qarori (211-son, 14.04.2021 y.) bilan “Collegium Humanum” Varshava menejment universiteti Andijon filiali tashkil etildi.

Filial nodavlat oliy taʼlim tashkiloti hisoblanadi.

Filialda o‘qitish “Collegium Humanum” Varshava menejment universiteti (Polsha Respublikasi) (Muassis) tomonidan tasdiqlanadigan o‘quv rejalari va fan dasturlariga muvofiq kunduzgi taʼlim shaklida, ingliz, rus va o‘zbek tillarida to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Filialda dastlabki bosqichda quyidagi bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari bo‘yicha talabalar qabul qilinadi:

● “Moliya va buxgalteriya hisobi”;
● “Transport va logistikada menejment”;
● “Xalqaro biznes va marketing”;
● “Turizm, mehmonxona ishi va umumiy ovqatlanishda menejment va marketing”;
● “Kichik va o‘rta biznesni boshqarish”;
● “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari”.

Filialda taʼlim 2021/2022 o‘quv yilidan boshlanib, to‘lov-kontrakt mablag‘lari miqdori Muassis tomonidan belgilanadi.

Filial bitiruvchilariga O‘zbekistonda oliy taʼlim to‘g‘risidagi hujjat sifatida tan olinadigan diplom beriladi.

Filialning har yilgi qabul parametrlarining 10 foizidan kam bo‘lmagan qismi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning qobiliyatli farzandlari orasidan tanlov asosida abituriyentlarni (Filial granti asosida) o‘qishga qabul qilish uchun ajratiladi.

Shuningdek, iqtidorli hamda o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan talabalarga to‘lov-kontrakt miqdoriga nisbatan 50 foizgacha chegirma beriladi.

Filialda taʼlim berish uchun 70 foizgacha malakali xorijiy professor-o‘qituvchilar Polsha Respublikasi va Yevropaning boshqa davlatlaridan jalb qilinadi.

Taʼlim sohasiga oid so‘ngi va to‘liq xabarlar har doimgidek bizning kanalda keyin esa boshqa kanallarda @abtxabar