Get Mystery Box with random crypto!

Namanganda tibbiyot fakulteti ochiladi Namangan Davlat univer | Abituriyent Onlayn

Namanganda tibbiyot fakulteti ochiladi

Namangan Davlat universitetida joriy yildan tibbiyot yo‘nalishi ochiladi. Bu haqida Namangan viloyati hokimligi axborot xizmati ma’lum qildi.

Xabarga ko‘ra, yangi tashkil etilayotgan fakultet uchun 2021/2022 o‘quv yilidan Namangan davlat universitetining bakalavriatning kunduzgi ta’lim yo‘nalishida tibbiyot yo‘nalishlariga qabul jarayonlari boshlanadi.

Shu jumladan:

- Davolash ishi – 25 nafar;
- Pediatriya ishi – 25 nafar.

Ushbu har bir ta’lim yo‘nalishlari uchun 12 nafar grant, 13 nafar kontrakt asosida talabalar qabul qilinishi belgilandi.

Mazkur ochilayotgan ta’lim yo‘nalishlari universitetdagi mavjud qo‘shma dasturlardan farq qilib, bakalavriatning kunduzgi shaklida tashkil etiladi hamda talabalar ta’lim muddatini oliygohning o‘zida yakunlaydilar.

Barcha abituriyentlarga tarqating

Abituriyentlar uchun eng so‘ngi va ishonchli yangiliklar bizning kanalda

@uzabt