Get Mystery Box with random crypto!

Assalomu alaykum Bugun sizlarning talab va takliflaringiz | Python Dasturlash maktabi 🐍

Assalomu alaykum

Bugun sizlarning talab va takliflaringizga binoan Mobiler Academy android kurslarida nimalar o'rgatilishi haqida qisqacha ma'lumot berib o'tamiz.

Java core - bunda siz Java dasturlash tilining boshlang'ich tushunchalarini o'rganasiz. O'zgaruvchilar, shart, sikl operatorlari, funksiyalar, array hamda matritsalar shular jumlasidandir.

Java OOP - biror bir loyihani yaratishda eng muhimi obyektga yo'naltirilgan dasturlash tamoyillarini bilish. Bunda siz 4 ta tamoyil inkapsulyatsiya, vorislik, polimorfizm, abstraktsiya tushunchalarini bilib olasiz.

Java advanced - fayllar bilan ishlash, ma'lumotlar almashinuvi, Rest API tushunchasi, oqimlar(threads)lar ham javani o'rganishimiz uchun muhim omillaridan sanaladi. Bu tushunchalar bilishingiz sizni yuqori darajali dasturchi ekanligizni anglatadi.

Android core UI (user interface) - android bo'limida esa birinchi navbatda eng oddiy va sodda UI elementlari o'rgatiladi. Bular button, textview, bla bla ...

Android difficult UI - endigi navbatda siz murakkab ko'rinishdagi elementlar bilan ishlashni o'rganasiz. Bularga misol qilib. RecyclerView, ViewPager, .... Bundan tashqari, kotlin dasturlash tili ham shu qismda o'rgatiladi.

Android database - faqat mobil dasturni tashqi ko'rinishi bilan ish bitmaydi. Endi ma'lumotlarimizni bazaga saqlashni shu qismda o'rganamiz.

Android networking - bu qismda endi biz yaratgan dasturimiz internet bilan bog'liq holda bemalol ishlay oladi. Biz internet bilan ishlovchi turli kutubxonalardan qanday foyalanish haqida ko'rib o'tamiz.

Android advanced - android so'nggi darslarida siz mobil dastur yaratishda loyiha arxitekturasini clean(toza) yaratish bo'yicha bilimlarga ega bo'lasiz.

Ha aytgandek, hozirda mobil dasturlarni yaratishda Jetpack Compose kutubxonasidan foydalanish ham bizning android kursimizda o'rgatiladi

Android kursiga ro'yxatdan o'ting va yuqori darajali dasturchiga aylaning!!!

Mobiler Academy - yuqori natijaga erishishning sifatli usuli !!!

Bog'lanish uchun:

Administrator

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating

Telegram | Instagram |Facebook