Get Mystery Box with random crypto!

🇺🇿O'zbekiston futboli🇺🇿

Telegram kanalining logotibi uz_futboli — 🇺🇿O'zbekiston futboli🇺🇿 O
Telegram kanalining logotibi uz_futboli — 🇺🇿O'zbekiston futboli🇺🇿
Kanal manzili: @uz_futboli
Toifalar: Sport
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 26
Kanalning ta’rifi

🇺🇿O'zbekiston futboli muxlislari uchun
👇Kanalimizda👇
🇺🇿Milliy terma jamoalarimiz
🇺🇿Super-liga
🇺🇿Pro-liga
🇺🇿Futbolchilar
🇺🇿Legionerlar
🇺🇿Tarixiy o'yinlar
Murojaat uchun @SARVARBEKBOLTAYEV

Ratings & Reviews

4.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2020-08-20 14:42:10
#GoalOfTheDay

Superliga 10-turining eng chiroyli goli "Surxon" futbolchisi Sherzod Karimovga tegishli bo'ldi

591 views♡☆SARVARBEK BOLTAYEV♡☆, 11:42
Ochish/sharhlash
2020-08-20 14:04:13
Superliga. Tur laureatlari bilan tanishing

Nurillo To'xtasinov ("Bunyodkor") - tur futbolchisi!
Mirjalol Qosimov ("AGMK") - tur muabbiyi!
Sherzod Karimov ("Surxon") - tur goli muallifi!

@UZ_FUTBOLI

526 views♡☆SARVARBEK BOLTAYEV♡☆, 11:04
Ochish/sharhlash
2020-08-20 14:00:47 ​​Diyor Imomxo‘jayev: Kanchelskis biz haqimizda fikr bildirdi. Va albatta u ham bizning fikrlarimizni eshitishi adolatdan bo‘ladi.

“Navbahor” oldida faqatgina ilk tur uchun vijdonimiz qiynaladi. Chunki klub o‘shandagi ilk bo‘limda g‘alabaga, ikkinchi bo‘limda esa kamida durang natijaga loyiq edi. Ammo klubning so‘nggi uch o‘yinini yodga oling, na “Bunyodkor” bilan, na “Qizilqum” bilan va na “Surxon” bilan “Navbahor” o‘z darajasida o‘ynay oldi. Jamoaning o‘yini chiqmadi. Hatto “Qizilqum” bilan o‘yindan keyin klub rahbarlaridan biri bizga bunday g‘alaba kerak emas, deganini ham eshitdik. Mana shunday pallada Kanchelskis mavzuni o‘zidan soqit qilib yuborishi g‘alati. U jamoa o‘yini uchun javob berishi to‘g‘riroq.

Karantin vaqtida butun O‘zbekistonda futbol to‘xtaganida ham “Navbahor” mashg‘ulotlarni davom ettirdi. Yaʼni, rahbariyat unga barcha sharoitni yaratib berdi. Ammo qolgan klublar tanaffusga chiqib ham Kanchelskis jamoasi bilan deyarli bir formada qaytib kelishadi. Murabbiy shu haqda ham o‘ylasa to‘g‘riroq bo‘ladi.

Rossiyalik mutaxassis yaqindagina “Navbahor” stadioni maysasiga javobgar kishini tanqid qilib, darvozabon suvda cho‘milgani haqida aytdi. Ammo o‘sha nuqtada raqib jamoa darvozaboni ham harakat qildi. Xuddi kecha “Surxon” ham “Navbahor” bilan bir xil sharoitda to‘p surgani kabi.

“Surxon”ga qarshi o‘yin uchun “Navbahor” poyezd va samolyot yo‘q bir vaqtda Termizga 12 soat yo‘l bosib borishi va bundan issiqroq sharoitda to‘p surishi kerak edi. Sir emaski, Termizdagi stadionda ham projektor yaxshi emas. Markazlashgan format esa qiyinchilikdan Kanchelskisni qutqardi.

Bizda chilla chiqib bo‘lgan. Shunday vaqtda ayol futbolchilar yillar davomida to‘p surib kelishdi va nolishmadi. Mana shunday vaqtda murabbiy ham erkak bo‘lib, jamoasi o‘yini nega o‘xshamayotgani haqida gapirishi kerak. Aytaylik, Haydarov “Surxon”ni qabul qilib olganiga ko‘p bo‘lmadi, ammo jamoa o‘yinini o‘zgartira oldi. Kanchelskis uchun yana qancha vaqt kerak degan savol muxlislar tomonidan berilishi to‘g‘riroq.

TTYMI maysasi ancha yaxshi. Bu yerda milliy terma mashg‘ulotlar o‘tadi, yaqin-yaqingacha “Jar” va TTYMI stadionlarida Superliga uchrashuvlari o‘tkazilgan. U-19 Osiyo chempionati uchun AGMK, “Lokomotiv”, “Bunyodkor” stadionlarini oz bo‘lsa-da asrash uchun, biz mana shu ikki stadiondan ham foydalanishga majbur bo‘lmoqdamiz. Bu stadionlarni men juda yomon demagan bo‘lardim.

Markazlashgan chempionat masalasida biz barcha murabbiylarni yig‘dik, Navoiy, Qarshidan murabbiylar kelishdi, fikr almashdik. Ammo Kanchelsksis unda ishtirok etmadi. Yaqinda esa FIFA kunlari masalasida yig‘ilish bo‘ldi, Toshkentda bo‘la turib murabbiy unda ham ishtirok etmadi. Chempionat haqida qayg‘uradigan mutaxassislar o‘sha kuni O‘zPFL bilan birga bo‘ldi. Umuman qorasini ko‘rsatmayotgan murabbiy biz bilan nimani kelishgani haqida aytayotganini tushunmadim.

Biz o‘zimizdan o‘tayotganlarini tan olamiz, kamchiliklarimiz ko‘p, mavjud vaziyatni o‘zgartirish uchun tinim bilmayapmiz. “Navbahor”ning inobatga olinmagan golini o‘rganishni so‘rab, O‘FAga murojaat bilan ham chiqamiz. Namangan futboliga befarq bo‘lmagan muxlislar bundan yaxshirog‘iga albatta munosib. Ishonamizki, futbolchilar tez orada o‘z o‘yinlarini topib olishadi. “Navbahor” infratuzilma jihatidan xalqaro maydonda o‘ynashga tayyor bo‘lib ulgurdi. Balki bu yil klub ikki musobaqadan birida muvaffaqiyat qozonar ham, bundan O‘zPFL xursand bo‘ladi.

@UZ_FUTBOLI

476 views♡☆SARVARBEK BOLTAYEV♡☆, 11:00
Ochish/sharhlash
2020-08-20 13:59:53 ​​Andrey Kanchelskis: “Bunday tashkilotchilikni umuman kutmagandim”

Coca Cola Superliganing 10-turidan o‘rin olgan “Surxon” – “Navbahor” (1:1) jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanininng ikkinchi qismida “Navbahor” bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis ishtirok etib, OAV vakillarining savollariga javob berdi. Uning fikrlari esa quyidagicha bo‘ldi.

- To‘g‘risini aytsam, tashkilotchilarni umuman tushunmadim. O‘yinlarni markazlashtirilgan holda o‘tkazish borasidagi videokonferensiyada barchamiz uchrashuvlarni soat 18:00dan keyin o‘tkazishga kelishib olgandik. Ammo negadir biz bugun soat 17:00da o‘ynadik. Nima uchun kimgadir mumkin-u, kimgadir mumkin emas? Qani ayting-chi, “Paxtakor” soat 17:00da o‘yin o‘tkazyaptimi? Xudo ko‘rsatmasin, futbolchilardan birortasini oftob urganda va o‘zidan ketib qolganda nima bo‘lardi? Futbolchining ota-onasining ko‘ziga qanday qarardingiz? Qozonning “Rubin” klubida Pyotr Bistrov bilan xuddi shunday holat yuz bergandi.

Bugun soat 17:00da o‘ynadik, nima ustimizdan kulyapsizmi? Kelinglar, unda soat 15:00da o‘ynaylik. Axir, bu futbol emas-ku! Yana maydonning holatini qarang. Bugun Superligada faqatgina bitta o‘yin bor va o‘sha bahsni ham biz eng yomon maydonda o‘ynadik. Nima uchun u holda markazlashgan holda o‘ynayapmiz? Kimga kerak bunday markazlashgan chempionat? Bahslar markazlashgan tarzda o‘tkazilayotgan ekan, unda sharoit yaratib beringlar. Yoki suv yo‘q, yoki boshqa narsa yo‘q. Futbolchilarni ustidan kulish yaxshi emas.

Futbolchilarning sog‘ligi haqida gapiryapmiz, lekin 40 darajadan ortiq issiqda futbol o‘ynatayapsizlar. Bunday futbol kimga kerak? Futbolchi Xudo saqlasin, yerga yiqilib tushsa nima qilamiz?

Bunday holatga kim javob beradi?

Maydonlarni yaxshilaylik deyapmiz, ammo amalda hech nima qilinmayapti. “Paxtakor” hech qachon soat 17:00da o‘yinlar o‘tkazmayapti. Mazkur klub mutasaddilari futbolchilarining holati haqida qayg‘urishadimi? Men ham shogirdlarim uchun qayg‘uraman.

Bugun futbolchilar maydonda yugurish emas, hattoki, yurishga qiynalishdi. Futbol jozibasi haqida nimadir deyishga hayronman. Bu dahshatli va aqlga sig‘maydigan holat. Biz markazlashtirilgan musobaqa o‘tkazish uchun kelib, qancha pul sarfladik. Yashash, ovqatlanish va boshqalar. Yana hech qanday sharoit yo‘q. Bunday sharoitda qanday futbol o‘ynash mumkin?

O‘yin borasida to‘xtaladigan bo‘lsak, Azizbek Turg‘unboyevning inobatga olinmagan goli toza urilgandi. O‘sha gol hisobga olinganida, o‘yin boshqacha kechgan bo‘lardi. O‘yin davomida bizda vaziyatlar bo‘ldi, to‘p darvoza ustuniga tegdi. Raqibda ham xavfli vaziyatlar yuzaga keldi. Shuning uchun durang natijani haqqoniy bo‘ldi, deb hisoblayman. Yigitlarga shunday issiq havoda o‘ynashgani uchun rahmat aytaman. O‘z darvozamizdan to‘p o‘tkazib yuborganimizdan keyin shogirdlarim taslim bo‘lishmadi va oxirigacha kurashib, hisobni tenglashtirishdi. Buning uchun ularga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman va barchalariga sog‘liq tilayman.

Biroq bunday tashkilotchilikni umuman kutmagandim.

Bunday maydonda futbolchilarning o‘zaro uyg‘unligi borasida gapirish ortiqcha. Bunday maydonda 1990-yillarda futbol o‘ynaganman. Hozir esa 21-asr! Maydon esa tomorqaning o‘zi.

@UZ_FUTBOLI

416 views♡☆SARVARBEK BOLTAYEV♡☆, 10:59
Ochish/sharhlash
2020-08-20 13:52:27 ​​20-22-август кунлари Coca-Cola Суперлигасида 11-тур баҳслари бўлиб ўтади. Тур доирасидан ўрин олган беллашувларда қуйидаги расмий шахслар фаолият олиб боришади.

Coca Cola Суперлига. 11-тур
20 август, пайшанба
"СЎҒДИЁНА" – "БУНЁДКОР"
Ҳакамлар: Шерзод Қосимов, Абдуҳамидулло Расулов, Aлександр Сидоров, Фарруҳ Янсупов
Назоратчи: Андрей Клепиков
Комиссар: Шоҳруҳ Саид

21-август, жума
"АНДИЖОН" – АГМК
Ҳакамлар: Илгиз Танташев, Тимур Галеев, Бахтиёрхўжа Шавкатов, Адҳамжон Эргашев
Назоратчи: Александр Попов
Комиссар: Муҳаммад Содиқ Содиқ-Охунов

"ЛОКОМОТИВ" – "ҚЎҚОН-1912"
Ҳакамлар: Жасур Мухторов, Ришат Нугманов, Дониёр Сайлавов, Абдурашид Худойберганов
Назоратчи: Дмитрий Роман
Комиссар: Аҳмед Тиллаев

"ПАХТАКОР" – "НАСАФ"
Ҳакамлар: Аҳрол Рисқуллаев, Ҳусниддин Шодмонов, Руслан Серазитдинов, Тўрабек Суюнов
Назоратчи: Бахтиёр Тагаев
Комиссар: Жаҳонгир Раҳматуллаев

22-август, шанба
"НАВБАҲОР" – "МАШЪАЛ"
Ҳакамлар: Вадим Агишев, Сардор Нишонбоев, Аваз Абдуллаев, Ҳусан Музаффаров
Назоратчи: Андрей Тамбовцев
Комиссар: Зоҳид Акрамов

"БУХОРО" – "СУРХОН"
Ҳакамлар: Равшан Абдувоҳидов, Зуфар Элибоев, Фарҳод Усмонов, Санжар Назаров
Назоратчи: Маъмур Саидқосимов
Комиссар: Ойбек Юнусов

"МЕТАЛЛУРГ" – "ҚИЗИЛҚУМ"
Ҳакамлар: Раҳимбек Каримов, Санжар Шоюсупов, Алишер Усмонов, Аскер Нажафалиев
Назоратчи: Константин Смирнов
Комиссар: Эркин Бахтиёров.

t.me/uz_futboli

380 views♡☆SARVARBEK BOLTAYEV♡☆, 10:52
Ochish/sharhlash
2020-08-20 09:30:38
Doston Tursunov K-liga ramziy terma jamoasida.

333 views♡☆SARVARBEK BOLTAYEV♡☆, 06:30
Ochish/sharhlash
2020-08-20 08:50:06
Superliga. Bugun 11-turni ochib beruvchi bahs o'tkaziladi

"So'g'diyona" "Bunyodkor"
"Lokomotiv" | 19:00

@UZ_FUTBOLI

312 views♡☆SARVARBEK BOLTAYEV♡☆, 05:50
Ochish/sharhlash
2020-08-20 08:49:51
"Rostov" Moskvada "Dinamo"ga mag'lub bo'ldi.

RPL | -tur

"Dinamo" 2:0 "Rostov"

@UZ_FUTBOLI

305 views♡☆SARVARBEK BOLTAYEV♡☆, 05:49
Ochish/sharhlash
2020-08-19 18:37:22
RPL | 3-tur. "Lokomotiv" ham safarda ochko yo'qotdi!

"Ural" 1-1 "Lokomotiv"

299 views♡☆SARVARBEK BOLTAYEV♡☆, 15:37
Ochish/sharhlash
2020-08-19 18:36:47
RPL | 3-tur. "Spartak" safarda durang o'ynadi!

"Ufa" 1-1 "Spartak"

282 views♡☆SARVARBEK BOLTAYEV♡☆, 15:36
Ochish/sharhlash