Get Mystery Box with random crypto!

Dtm.uz | Davlat test markazi

Telegram kanalining logotibi uz_dtm — Dtm.uz | Davlat test markazi D
Telegram kanalining logotibi uz_dtm — Dtm.uz | Davlat test markazi
Kanal manzili: @uz_dtm
Toifalar: Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 30.58K
Kanalning ta’rifi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining telegram kanali.
Ishonch telefoni:
( 998 95) 199 19 14
🌐 dtm.uz
-
-
-
👨‍💻Reklama >> - https://t.me/ SwAo-YikrkZzu9el
-
-
-
-

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 8

2022-09-15 15:02:16
“Al-Azhar” universiteti tibbiyot fakulteti talabalaridan qasamyodi.

Bu Gippokrad qasami emas, bandani Xaqni oldidagi qasami

Maʼnosi aʼlo darajada. Alloh taolo bu maʼnolarni haqiqatga aylantirsin!

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Batafsil malumot
https://t.me/+V1AHHKmbD0ue-1HU
https://t.me/+V1AHHKmbD0ue-1H
32.1K views12:02
Ochish/sharhlash
2022-09-15 09:38:42 Super-kontraktda o‘qiganlardan odam chiqmaydimi?

Ijtimoiy tarmoqlarda doim super-kontrakt mavzusi muhokama markazida bo‘ladi. O‘qishga kira olmaganlar, ko‘proq pul evaziga talaba bo‘lishadi, bu esa kelajakda taʼlim sifatini tushiradi, malakasiz kadrlarni ko‘paytiradi, degan fikrlar aytiladi.

Bu fikrlarning ayrimlari to‘g‘ri, ammo ko‘pchiligiga qo‘shilmayman. Asoslashga harakat qilaman:

Birinchidan, aslida biz orzu qilayotgan oliy taʼlim tizimida o‘qishga kirish oson bo‘lishi kerak. Yaʼni kim hujjat topshirsa o‘qishga kira olishi kerak, maktabni tugatgan bo'lsa bo'ldi, bilimi bor yoki yo‘qligi kirish jarayonida muhimmas. Uyog‘ini eplasa — diplom oladi, eplay olmasa — o‘qishni tugatolmaydi. O‘zimiz doim shunaqa bo'lishini, kvotalar oshishini talab qilamizu, lekin yana o‘zimizga qarshi borib, bugun o‘qishga kirayotganlarni "nega bu talaba bo‘ldi, bilimi yo‘qku" deymiz. Aytmoqchimanki, bilimsizlarning o‘qishga kirishi xavfli yoki qo‘rqinchli emas, ularning bilimsiz bo‘lib 4 yildan keyin diplom olishi qo‘rqinchli;

Ikkinchidan, o‘qishga kirganlarning hammasi ham bilimli degani emas. Masalan, O‘zbekistonda har yili kirish ballari past bo‘ladi. 56,7 ball bilan kontraktga, 68 ball bilan grantga kirganlar juda ko‘p. Bu yil ham shunaqa bo'ldi, masalan. Ammo 150 ball bilan super-kontrakt qilmoqchi bo‘lsa, darrov ularni tupoyga, bilimsizga chiqaramiz. Yoki ana boring 70 ball bilan super-kontrakt qilishyapti deylik. Ha, to‘g‘ri, bu ball juda past. Ammo bundan ham past olganlar grantda o‘qiyapti, nega ularni emas, doim super-kontraktchilarga ta'na qilamiz? Ikki xil standart bu.

Uchinchidan, yaqin yillargacha o‘qishga kirishda juda katta korrupsiya bor edi. Yaʼni 20 yillar davomida O‘zbekistonda pora bilan bilimsizlar o‘qishga kirishgan. Buni hamma bilardi, barcha shu tizimning bir bo‘lagiga aylanib ketgandi. Lekin o‘sha pora bilan kirganlarning hammasi bir tiyinga qimmat kadr bo‘lib qolgani yo‘q. Ularning ko‘pchiligi 4 yil davomida yaxshi o'qidi, keyinchalik amaliyotda yetarli malaka va tajriba to‘play oldi. Hozir mehnat bozorida ishlayotgan juda ko‘p yaxshi kadrlarning tagini surishtirsangiz pora yoki tanish-bilishchilik bilan o‘qishga kirgan. Yaʼni bu odamning o‘ziga ko‘proq bog‘liq.

Bugun endi o‘qishga kirishda pora juda kam. Davlat buni har tomonlama oldini ololdi. Super-kontrakt ham porani kamaytirishga katta yordam berdi. O‘sha ko‘chadagi firibgaru, poraxo‘rlarning cho‘ntagini qappaytirib, dang'illama hovliyu dacha qurishga pul bergandan ko'ra, rasman davlatga to'lab, professor-o‘qituvchilar oyligi uchun pul bergan ming marta yaxshi. Birinchidan, bu jinoyatmas. Ikkinchidan, bu gunohmas.

Xulosa.

Super-kontrakt tizimini men ham yoqtirmayman. Bu vaqtinchalik chora. Ishonaman, bu tizim yaqin yillarda butunlay yo‘qolib ketadi. Menga qolsa, yuqorida aytganimdek, o‘qishga kirmoqchi bo‘lgan hamma bemalol talaba bo‘la olishi kerak. Ya'ni puli bor yoki yo'qligidan qat'i nazar barchada teng imkoniyat bo'lsin.

Ammo o‘qishni tugatish juda qiyin bo‘lishi shart va lozim. Afsuski mana shu joyi bizda hozircha ishlamayotgani uchun, yaʼni bilgan ham, bilmagan ham diplom olayotgani sababli, haqiqatdan super-kontrakt ta'lim sifatiga taʼsir qildi.

Lekin bir narsa — super-kontrakt bilan o‘qishga kirganlar odam bo‘lmaydi, ular unaqa, ular bunaqa, degan gaplar mutlaqo noto‘g‘ri. Test va boshqa imtihonlar insonning barcha qobiliyatini aniqlab berolmaydi. U nimalarga qodirligi kelgusida maʼlum bo‘ladi.

Taqdir shunday narsaki, 189 ball olib, o‘qishga birinchi o‘rinda grantga kirganlar malakasiz kadr bo‘lishi, 60 ball bilan super-kontraktga kirganlar yakunda jamiyatga ko‘proq foydasi tegadigan mutaxassis bo‘lishi mumkin. Hammasi Allohdan.

Shuning uchun fikr bildirishda ehtiroslarga berilmagan ma'qul. Tanganing barcha tomoniga qarash kerak. Bularning barchasi shunchaki shaxsiy fikrlar.

@Xushnudbek

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Batafsil malumot
https://t.me/+V1AHHKmbD0ue-1HU
https://t.me/+V1AHHKmbD0ue-1H
46.6K views06:38
Ochish/sharhlash
2022-09-14 16:40:34
Ayollar ilmli joyda
Kelajak avlodga foyda...

Ma’lumki, ayni kunlarda to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan o‘quvchi va talabalar uchun 12 ta tijorat banki tomonidan ta’lim kreditlari berilmoqda.

Ushbu qulaylik va imkoniyatni aktyor, shoir, rejissyor, dublyaj ustasi Erkin Bozorov Xalq banki misolida o‘ziga xos uslubdagi ijodi orqali ko‘rsatibdi.

Ta’lim krediti ajratuvchi banklar:

Agrobank;
Aloqabank;
Asakabank;
Hamkorbank;
Ipotekabank;
Mikrokreditbank;
Milliybank;
OrientFinancebank;
Qishloqqurulishbank;
Sanoatqurilishbank;
Turonbank;
Xalqbanki.

Bank nomlariga biriktirilgan ilovalarni yuklab olib, barcha ta’lim kreditlari to‘g‘risida batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.

Eslatma:

Toʻlov-shartnoma —
kontrakt.edu.uz;

Kredit uchun ariza berish — talim-krediti.uz platformalari orqali onlayn amalga oshiriladi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Batafsil malumot
https://t.me/+V1AHHKmbD0ue-1HU
https://t.me/+V1AHHKmbD0ue-1H
46.3K viewsedited  13:40
Ochish/sharhlash
2022-09-12 15:01:29
Bolangizni ertaga oʻqib ketaolishiga ishonsangiz super kontrakt toʻlang!

Toshqulov tibbiyot oliygohlariga super-kontrakt bilan oʻqishga kirayotganlar haqida gapirdi.

Oliy taʼlim vazirining ishontirishicha, yetarli bilimi yoʻq bola super-kontrakt bilan oʻqishga kirishi mumkin, lekin bitirolmaydi.

U kredit-modul tizimi taʼlimdagi korrupsiyani yoʻqota olishini daʼvo qildi va jamoatchilikdan buning uchun unga 1-yil vaqt berishlarini soʻradi. “Bu yil faqat sifatga ishlanadi. Natijalar boʻladi. Eshitasiz hali, necha foiz talaba bitirolmadi, shundan necha foizi super-kontrakt”, – dedi vazir Abduqodir Toshqulov.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Batafsil malumot
https://t.me/+V1AHHKmbD0ue-1HU
https://t.me/+V1AHHKmbD0ue-1H
48.4K views12:01
Ochish/sharhlash
2022-09-11 13:01:21 Kecha kollej va texnikumlarga qabul yakunlanadi

2022-yil 11-avgust kuni professional ta’lim muassasalari (kollej va texnikumlar) ga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlangan edi.

Abituriyentlarni ro‘yxatga olish Davlat test markazining my.dtm.uz saytida “Professional ta’lim muassasalariga qabul” bo‘limi orqali amalga oshirilmoqda.

Bugun (10-sentabr) professional ta’lim muassasalariga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olishning so‘nggi kuni hisoblanadi.

Shu sababli professional ta’lim muassasalarida tahsil olish istagini bildirgan abituriyentlar bugun 23:59 ga qadar ro‘yxatdan o‘tishlari mumkinligini eslatib o‘tamiz.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Batafsil malumot
https://t.me/+V1AHHKmbD0ue-1HU
https://t.me/+V1AHHKmbD0ue-1H
15.1K views10:01
Ochish/sharhlash
2022-09-11 12:01:55
DIQQAT DIQQAT!!!

O’zbekistondagi NUFUZLI, TMC Instituti , Alpha education kompaniyasiga qoshimcha 500 ta kvota ajratishdi

Demak , Siz poytaxtimizda joylashgan Nufuzli TMC Institutida KAFOLATLI talaba bo’lishingiz mumkin

Deyarli barcha yo’nalishlar mavjud
Kontrakt - 12 mln yiliga (sirtqi)


Ha aytgandek bizda firma tolovi - 3,5 mln so’m

Hoziroq biz bilan bog’laning
+998900463004
+998997684045
+998997864045
+998903567767

Online murojaat uchun : @alpha_bonu

Bizga obuna bo’ling : @alpha_uzb
32.7K views09:01
Ochish/sharhlash
2022-09-10 15:00:52 Barcha kursdagi qizlarga taʼlim krediti beriladimi ?

Bu kredit barcha qizlarga beriladimi ?

Yosh chegarasi belgilanganmi ?


Necha marta beriladi ?

Javoblar:

Ushbu taʼlim krediti barcha kursdagilar beriladi, birinchi kursmi, uchinchi kursmi, farqi yoʻq (ikkinchi kurs-chi, toʻrtinchi kurs-chi, deb soʻramang, ularga ham beriladi. E, ana boring, beshinchi kursga ham beriladi);

ushbu taʼlim krediti oilaviy ahvolidan qatʼi nazar barcha xotin-qizlarga beriladi, faqat "Ayollar daftari"ga kirganlarga beriladi, degan gap notoʻgʻri;

ushbu taʼlim kreditini olish uchun yosh chegarasi belgilanmagan, yuqoridagi postda aytilgan talabalarga toʻgʻri keluvchi istalgan yoshdagi xotin-qizlar olishlari mumkin;

ushbu taʼlim krediti bir yil uchun beriladi, 4 yillikni umumlashtirib olib boʻlmaydi. Lekin uni bir necha marta olish mumkin, bunga cheklov yoʻq. Yaʼni birinchi kursda olganlar, ikkinchi kursda yana olishlari mumkin;

ushbu taʼlim kreditini oiladagi bir necha qiz farzandlar ham olishi mumkin, bitta oilaga faqat bir kishi degan cheklov yoʻq (faqat rasmiy daromadi bor kafil topilsa boʻldi);

ushbu taʼlim krediti super-kontrakt, qoʻshma taʼlim va ikkinchi mutaxassislik uchun berilmaydi. Bunda super-kontrakt uchun faqat birinchi yilda berilmaydi, ammo ikkinchi va undan yuqori kurslarda oddiy kontrakt toʻlashlari hisobiga super-kontrakt bilan kirganlarga ham yuqori kurslarda taʼlim krediti beriladi;

taʼlim krediti faqat toʻlov-kontrakt summasi miqdorida beriladi. Masalan, aslida bir yillik kontrakt 10 mln soʻm boʻlsa, 15 mln soʻm kredit olib boʻlmaydi;

Davlat OTMlardagi magistratura uchun bunaqa kredit berilmaydi, chunki joriy yildan boshlab davlat OTMlarida magistraturada oʻqiyotgan barcha xotin-qizlarning kontraktlari davlat byudjetidan toʻliq toʻlab beriladi. Birinchi kurslarga ham, ikkinchi kurslarga ham. Ammo nodavlat OTMlarning magistraturasida oʻqiyotgan qizlarning kontraktlari toʻlab berilmaydi. Shu sababli ular foizsiz taʼlim krediti olishlari mumkin;

taʼlim krediti summasini toki oʻqish tugashini kutib oʻtirmasdan vaqtliroq toʻlashni boshlasa ham boʻladi. Aksincha bundan banklar faqat xursand boʻladi va haqqingizga duo qilishadi :)

ushbu qaror avvalgi yillarda olingan foizli taʼlim kreditlariga taalluqli emas va avvalgi kreditlarning foizini bekor qilmaydi.

Manba: @Xushnudbek

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Batafsil malumot
https://t.me/+V1AHHKmbD0ue-1HU
https://t.me/+V1AHHKmbD0ue-1H
47.4K views12:00
Ochish/sharhlash
2022-09-10 11:00:45
#motivatsiya

Mutlaqo to'g'ri gaplar!

Ukalar, singilar, hali endi o'qishga kirgan yoki kirish niyatidagi talabalarga maslahat bergan bo'lardik: "Pulni orqasidan quvmang, o'zingiz qilayotgan ishga mehr bering, izlaning, mutaxassis bo'ling, pulni o'zi qidirib keladi. U qanday soha bo'lishidan qat'iy nazar!

To'g'ri milliarder qilmas, lekin sizga yetarlicha keladi!


Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Batafsil malumot
https://t.me/+V1AHHKmbD0ue-1HU
https://t.me/+V1AHHKmbD0ue-1H
46.5K views08:00
Ochish/sharhlash
2022-09-09 14:31:40
Abduqodir Toshqulov tibbiyot oliygohlariga super-kontrakt bilan o‘qishga kirayotganlar haqida gapirdi

Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulovning ishontirishicha, yetarli bilimi yo‘q bola super-kontrakt bilan o‘qishga kirishi mumkin, lekin bitirolmaydi. U kredit-modul tizimi ta’limdagi korrupsiyani yo‘qota olishini da’vo qildi va jamoatchilikdan buning uchun unga 1 yil vaqt berishlarini so‘radi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Batafsil malumot
https://t.me/+V1AHHKmbD0ue-1HU
https://t.me/+V1AHHKmbD0ue-1H
47.1K views11:31
Ochish/sharhlash
2022-09-09 11:02:48 SUPER KONTRAKT ASOSIDA 1-KURSGA QABUL QILINAYOTGAN TALABALARDAN TALAB ETILADIGAN HUJJATLAR:

1. Diplom yoki attestat (ilovasi bilan);
2. Diplom yoki attestat nusxasi - 2 dona;
3. Rasm 3,5×4,5 - 10 dona;
4. Pasport nusxa - 5 dona;
5. Shaxsiy varaqa (universitetda tayyorlanadi);
6. Abiturent ruxsatnomasi;
7. DTM javoblar varaqasi (rangli pechat qilinishi lozim);
8. Chet tili sertifikati, maʼlumotnoma (nogironligi boʻlgan, xarbiy xizmatchi farzandi, IIB tarkibiga kiruvchi organ xodimi farzandi, mehribonlik uyi bitiruvchisi, temir daftar roʻyxatida turuvchilar, fan va sport olimpiada gʻoliblari, Yoshlar ittifoqi imtiyoziga egalar), xotin-qizlar uchun imtiyoz hujjati, xarbiy qism qoʻmondonligining tavsiyanomasi (agar mavjud boʻlsa).

Super kontrakt asosida 1-kursga
qabul qilinayotgan talabalar yuqoridagi hujjatlarni tayyor qilib turishi soʻraladi. Kontrakt shartnomasini qachon va qanday olish boʻyicha ham tez orada habar beramiz.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Batafsil malumot
https://t.me/+V1AHHKmbD0ue-1HU
https://t.me/+V1AHHKmbD0ue-1H
47.2K views08:02
Ochish/sharhlash