Chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon topshiradigan abituriyent | Dtm.uz | Davlat test markazi
Chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon topshiradigan abituriyentlar diqqatiga!
Ertaga, 23-iyul kuni barcha hududlarda chet tilidan kasbiy (ijodiy)imtihonlar boshlanadi.
Imtihonning yozma(tinglab tushunish, o‘qish, yozma ish) qismi 23-24-25-iyul kunlari 2 smenada bo‘lib o‘tadi. Bunda
-smena — 08:00(imtihonga yetib kelish vaqti — 07:00) da; -smena — 15:00(imtihonga yetib kelish vaqti — 14:00) da boshlanadi.
Abituriyentlar qachon, qayerda imtihonda ishtirok etishini my.dtm.uz sayti orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari va ruxsatnomani (abituriyent qayd varaqasining quyi qismida) yuklab olishlari mumkin.
Abituriyentlar imtihon o‘tkaziladigan hududga imtihon boshlanishidan 1 soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat va ruxsatnoma bilan kelishlari lozim.
Imtihonga kechikkan yoki kelmagan abituriyentlar uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.
Davlat test markazining rasmiy sahifalari: Batafsil malumot https://t.me/+V1AHHKmbD0ue-1HU https://t.me/+V1AHHKmbD0ue-1H
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining telegram kanali. Ishonch telefoni:. ( 998 95) 199 19 14. 🌐 dtm.uz. -. -. -. 👨💻Reklama >> - https://t.me/ Sw...