Get Mystery Box with random crypto!

“Najot Taʼlim”dagi 7 oylik .NET kursi nega 5 oyda toʻxtatildi? | DOT-NET.UZ

“Najot Taʼlim”dagi 7 oylik .NET kursi nega 5 oyda toʻxtatildi?

Biz markazimizdagi ilk .NET kursini rejadagi kabi 7 oyda emas, balki 5 oyda toʻxtatishga majbur boʻldik. Xoʻsh, nega bunday boʻldi?

Qizigʻi shundaki, 5-oyga kelib barcha .NET kursi oʻquvchilari oʻz yoʻnalishlarida ishga joylashishgan. Shuning uchun ularda kursni davom ettirish imkoniyati boʻlmagan. Natijada kurs toʻxtatilgan. Siz bu haqida bilarmidingiz?

Oʻquvchilarning tez ishga joylashib ketishi sababini .NET kursi ustozi quyicha izohlaydi:

- Oʻquvchilar Foundation bosqichida taʼlim olganliklari tufayli mutaxassislik kursini oʻzlashtirishlari oson kechgan;
- Kurs davomidagi real loyihalar oʻquvchilarga portfolio hamda tajriba yigʻish imkoniyatini yaratgan;
- Kuchli amaliyot ustozlari o'quvchilarga o'z bilimlarini mustahkamlashlari va yangi bilimlarni egallashlari uchun xizmat qilgan.

Shunaqa gaplar)

Agar, siz ham dasturlashni qulay muhitda professional ustozlardan o'rganishni istasangiz, 20-21-avgust kunlari bo'lib o'tadigan kirish imtihonlariga ro'yxatdan o'ting.

Kirish imtihoni uchun ro'yxatdan o'ting