Get Mystery Box with random crypto!

Qurbon hayiti namozini oʻqish vaqtlari eʼlon qilindi 28-iyun | Bloknot

Qurbon hayiti namozini oʻqish vaqtlari eʼlon qilindi

28-iyun kuni Qurbon hayiti namozini oʻqish vaqtlari maʼlum boʻldi. Musulmonlar idorasi bu haqda xabar berdi.

Unga koʻra, Toshkent shahridagi jome masjidlarda ertalab soat 05:15 da Qurbon hayiti namozi oʻqiladi.

Respublikaning boshqa hududlarida esa Qurbon hayiti namozi jome masjidlarda quyidagi vaqtlarda ado etiladi:

Andijon 05:10
Namangan 05:10
Fargʻona 05:10
Toshkent sh. 05:15
Toshkent v. 05:20
Sirdaryo 05:25
Jizzax 05:30
Samarqand 05:35
Navoiy 05:40
Qashqadaryo 05:40
Buxoro 05:40
Surxondaryo 05:40
Xorazm 05:50
Qoraqalpogʻiston 05:50
Ushbu jadvalda koʻrsatilgan vaqtlarda quyosh chiqqanidan keyin 20-25 daqiqalik farq inobatga olingan.

Bloknot