Get Mystery Box with random crypto!

Xorazmdagi pedofil-amaldorlar ishi yopiq sudda qayta ko‘rib ch | O‘zbekiston 24 | TEZKOR YANGILIKLAR

Xorazmdagi pedofil-amaldorlar ishi yopiq sudda qayta ko‘rib chiqiladi

Xorazm viloyatidagi pedofil-amaldorlar — Xorazm viloyat adliya boshqarmasi sobiq boshlig‘i Aybek Masharipov va tuman FVB rahbari Anvar Kuryazov ishi bo‘yicha kassatsiya instansiyasi sudiga keltirilgan protest 6-aprel kuni yopiq sud majlisida ko‘rib chiqiladi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati ma’lumot berdi.

«Bugun Oliy sudning jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atiga Xorazm viloyat sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati apellyatsiya instansiyasining 2022-yil 27-dekabrdagi ajrimini A. M. va A. Q. ga oid qismini bekor qilib, ishni yangidan apellyatsiya instansiyasi sudida ko‘rish uchun yuborish to‘g‘risidagi Xorazm viloyat prokuraturasining kassatsiya tartibidagi protesti kelib tushdi.


Ushbu protest Oliy sudning jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atida kassatsiya tartibida joriy yilning 6-aprel kuni Jinoyat-protsessual kodeksining 19-moddasi (sudda jinoyat ishlarining oshkora ko‘rilishi) talablariga muvofiq yopiq sud majlisida ko‘rib chiqilishi ma’lum qilinadi», deyilgan xabarda.
Qo‘shimcha ma’lumot sud jarayoni yakuni bo‘yicha berilishi ma’lum qilingan.

@UZ24YANGILIK- eng  tezkor xabarlar kanaliga obuna bo‘ling!