Get Mystery Box with random crypto!

Yashnobodda mashinalar ustiga daraxt qulab tushdi Joriy yilni | O‘zbekiston 24 | TEZKOR YANGILIKLAR

Yashnobodda mashinalar ustiga daraxt qulab tushdi

Joriy yilning, 1-aprel kuni Toshkent shahrida daraxt avtomobillar ustiga qulab tushdi. Hodisa Yashnobod tumani, Sodiq Azimov koʻchasida, taxminan soat 17:50 atrofida sodir boʻlgan.

Daraxt agʻdarilishi oqibatida ikki mashinaga jiddiy shikast yetgan. Hodisa oqibatida jabrlanganlar yoʻq, voqea joyida yoʻl harakati xavfsizligi xodimlari va maxsus texnika bilan ishlaydigan ishchilar ishlamoqda.

Maʼlumot uchun, yiqilgan daraxt sogʻlom koʻrinadi, nima sababdan qulagani hali aniq emas.

@UZ24YANGILIK- eng  tezkor xabarlar kanaliga obuna bo‘ling!