Get Mystery Box with random crypto!

Narxi qancha bitta ovozni, ayting? Fuqarolarning infratuzilma | O‘zbekiston 24 | TEZKOR YANGILIKLAR

Narxi qancha bitta ovozni, ayting?

Fuqarolarning infratuzilma, yoʻl, maktab va boshqa obyektlarni yaxshilash boʻyicha loyihalarni taklif etib, mahalliy byudjetning bir qismini taqsimlashda ishtirok etishlari koʻzlangan “Tashabbusli byudjet” dasturi uchun ovoz toʻplash bilan bogʻliq mashmashalar kundan kunga koʻpaymoqda. Ayrim hududlarda oʻqituvchilar uchun ovoz toʻplash majburiy qilib qoʻyilgani haqidagi mish-mishlar dilni xira qilsa, ovoz uchun fuqarolarga salqin ichimliklardan tortib pul mablagʻlari taklif etilayotgani kishini lol qoldiradi.

Dastur haqida toʻliq maʼlumotga ega boʻlmagan fuqarolar ichimliklar-u pul mablagʻi evaziga oʻzi bilmaydigan qaysidir hudud uchun ovoz beryapti va oʻz hududi uchun ovoz berish imkoniyatidan mahrum boʻlmoqda.

@UZ24YANGILIK- eng  tezkor xabarlar kanaliga obuna bo‘ling!