Get Mystery Box with random crypto!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning to‘ | O‘zbekiston 24 | TEZKOR YANGILIKLAR

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning to‘ng‘ich qizi – Prezident Administratsiyasi Ijro etuvchi apparatining Kommunikatsiyalar va axborot siyosati bo‘yicha sho‘ba mudiri Saida Mirziyoyeva ayni vaqtda AQShda bo‘lib turibdi. U Nyu–Yorkda o‘zbek diasporasi vakillari bilan dasturxon ustida uchrashdi.
Ushbu uchrashuvda nafaqat taniqli o’zbek vakillari balki Nyu–York meri Erik Adams ham qatnashgan.

Tadbirga AQShda istiqomat qilib, ko‘plab yutuqlarga erishgan o‘zbekistonliklar, jumladan O‘zbekiston xalq artistlari Ezro Malakov va Muhabbat Shamayeva ham qatnashganini ko’rish mumkin.

"Vatandoshlarimiz bilan juda iliq suhbatlashdik. Ularga yurtimizda amalga oshirilayotgan ulkan islohotlar haqida so‘zlab berdim va ularning ham yurtimizda yuz berayotgan o‘zgarishlarga katta qiziqish bilan qarayotganiga guvoh bo‘ldim.

Yurtdoshlarimizning aksariyati o‘z tarixiy Vatanidan uzoqlashmagani, turli loyihalarni amalga oshirish orqali AQSh va O‘zbekiston o‘rtasidagi madaniy, siyosiy va iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashga intilayotganligi juda quvonarli.

Ota uyidan minglab kilometr olisda bo‘lsada, Vatanimizga nafi tegayotgan ana shunday hamyurtlarimizdan minnatdorman",– deydi Mirziyoyev.


@UZ24YANGILIK- eng  tezkor xabarlar kanaliga obuna bo‘ling!