Get Mystery Box with random crypto!

Chaqalogʻingiz alohida shaxs! Har bir chaqaloq alohida indivi | Uyqu mashgʻuloti

Chaqalogʻingiz alohida shaxs!

Har bir chaqaloq alohida individuallikka, oʻziga xoslikka ega. Ularning uxlash va uygʻoqlik davri ham turlicha boʻlishi mumkin. Ba'zi chaqaloqlar kun davomida uzoq uxlashadi. Ba’zilari esa tez uxlashi va shunday tez turib olishi mumkin. Boshqalari tun bo'yi tez-tez yoki vaqti-vaqti bilan uyg'onishlari mumkin. Ularning uyqu rejimi birinchi yilda bir necha martta o'zgarishi mumkin.

Chaqaloq uyqusi kattalar uyqusiga nisbatan yengil boʻladi. Ular uxlash vaqtini ko'proq "sokin uyqu" o'rniga "faol uyqu" da o'tkazadilar.
— Faol uyquda chaqaloqlar sayoz nafas olishadi.
— Qo'llari va oyoqlarini burishtiradilar. — Ularning ko'zlari qovoqlari ostida miltillaydi.
— Chaqaloqlarni bunday faol uyqudan osongina uyg'otish mumkin.

Taqqoslash uchun:
— Kattalar va o'smirlar tinchroq uyquga moyil boʻlishadi.
— Ular tinch yotishadi. Tana a’zolari boʻsh holatda boʻladi.
— Chuqur nafas olishadi.

Har bir insonning uyqusi uning oʻzigagina xos boʻlgan jarayon. Oʻsmirlarning kunduzgi uyqu davri odatda 90 minutni tashkil qilsa, chaqaloqlarniki oʻrtacha 2-3 marttalik 40 daqiqani tashkil qilishi mumkin. Shuning uchun ular tez-tez uyg'onishga moyil boʻlishadi.

Chaqaloqlar kichik shaxslardir, ularning barchasi turlicha. Shu sababdan farzandingizning uyqusini boshqa chaqaloqlarning qanday uxlashi bilan solishtirishga ko'p vaqt sarflamaganingiz ma’qul.

@uyqumashguloti