Get Mystery Box with random crypto!

Assalomu alaykum, aziz obunachilarimiz Bir necha kundan buyo | Uyqu mashgʻuloti

Assalomu alaykum, aziz obunachilarimiz

Bir necha kundan buyon bayram bahonasida kanalga post joylanmadi. Ancha dam olib qo'ydik, shekilli

Endi esa aybimizni yuvish umidida aynan 1-4 yoshgacha bo'lgan bolalar bilan ishlash uchun psixologik kursni matn tarzda Siz Azizlarga taqdim etmoqchimiz Bu kurs rus tilida, biz esa uni o'zbek tiliga tarjima qilamiz va Siz Azizlarga havola etamiz

Azizlar, yana bir sirni ochay, kurs pullik edi, qiymati ham arzon emas edi Afsuski, o'zbek tilida bolalar psixologiyasiga oid kitoblar ham, ma'lumotlar ham yo'q. Biz esa bu kursdagi ma'lumotlarni barcha o'zbek onalarimiz uchun ham manfaatli bo'lishini chin dildan xohladik

Kurs nomi " Без наказаний" (jazolarsiz) deb nomlanadi.


Farzandingiz bilan ekologik, sog'lom, agressiyalarsiz va mehrga tayangan munosabatlar quring. U hali kichkina, bilmaydi, esidan chiqib ketadi, demang. Ular hamma narsani tushunishadi va his qilishadi.


Sizdan ugina, bizdan bugina...


Bizdan foydali va manfaatli ma'lumotlarga to'la kurs, sizdan esa reaksiyalar va ulashishlar. Sizga bu ma'lumotlar qanchalik kerakligini aynan reaksiyalaringiz orqali bilamiz. Kanalga yosh bolasi bor Onajonlarni ham taklif qiling. Zero, bilimni ulashganga ham O'zining vadasiga muvofiq savoblar bor

@uyqumashguloti