Get Mystery Box with random crypto!

Ko'pchilik bola yig'laganida uy ishlariga halal bermasligi uc | Uyqu mashgʻuloti

Ko'pchilik bola yig'laganida uy ishlariga halal bermasligi uchun, yupatish uchun darrov qo'liga yegulik berishga shoshiladi. Bola buni tez o'zlashtiradi va hamma narsaga yig'labgina erishiladi deb o'ylay boshlaydi.

Bolakay katta bo'lganida ham barcha narsaga yig'lab, asabiylik bilan erishadi. Buning asorati esa sizning hali u, hali bu shifokor-u, nevropatologga chopishingiz bo‘ladi.

Shuning uchun u yig'lashidan oldin mehringizni bering. Ertaga hech kim bolalaringiz kichikligidagi uyingiz ozodaligi haqida gapirmasligi mumkin, lekin farzandlaringiz hammasini eslab qoladi.

P.s. mashg'ulot davomida bola yig'laganida zudlik bilan ko'krak bermaslik tushuntirilgan.
Siz ham hurmatli ona! Farzandingiz yig‘lagan vaqtida oldin mexringiz bilan bolani tinchlantiring. Tamoman yig'idan to‘xtaganidan so'ng uni oziqlantirsangiz bo'ladi.

@uyqumashguloti