Get Mystery Box with random crypto!

Agar chaqaloqda kunduzgi rejim normada bo'lmasa, tunda oziqlan | Uyqumashguloti


Agar chaqaloqda kunduzgi rejim normada bo'lmasa, tunda oziqlanish uchun judayam ko'p uyg'onadi.

Qachonki biz kunduzgi rejimini normal holatga keltirganimizda, bolakayning tungi oziqlanishi o'z -  o'zidan kamayganining guvohi bo'lamiz.

Xalqimizda bir gap bor : bugun kuni bilan bola yaxshi uxlay olmadi, endi kechasi maza qilib, tiniqib uxlaydi.

Bu mutlaqo noto'g'ri fikr, aslida, bolakay qachonki kunduzi yaxshi uxlasagina, tunda ham miriqib dam oladi. Chunki kuni bilan uxlay olmagan bolakay haddan tashqari ko'p zo'riqadi, charchaydi, bu esa uni tungi uyqusi sifatiga ham o'zining salbiy ta'sirini ko'rsatadi.

Har bir bolaning oyiga va yoshiga mos uyqu rejimi bor. Agar siz o'sha vaqtni o'tkazib yuborsangiz-u, bolani vaqtidan ko'p uyg'oq olib yursangiz, bolaning asab tizimi zo'riqadi va u vaqtida uxlay olmagani uchun kuni bilan injiqlanib yuradi. Natijada esa, haddan tashqari charchagan va injiqlanib, asablari zo'riqqan bolakay tunda ham yaxshi uxlay olmaydi va ko'p uyg'onadi. Bolakayning yagona ovunchog'i esa bu - emish.  Emish refleksi orqali bolajon o'zini tinchlantiradi. Shu sababdan ham, kuni bilan yaxshi uxlamasa, tunda charchaganidan maza qilib uxlaydi, deb o'ylamang aslo!

Bolam tunda tiniqib uxlasin, hotirjam yursin va aqlan barkamol bo'lsin, desangiz, bolaning kunduzgi uyqusini yaxshilab tartibga soling. Shundagina nafaqat bolakayning, balki sizning ham tuningiz osuda o'tadi, Hurmatli Onajonlar!

Keyingi postimizda bolakayning oyi va yoshiga qarab  kunduzgi uyqu normalarini yuboramiz,  biz bilan birga qoling va reaksiyalarni ham unutmang.

@uyqumashguloti