Get Mystery Box with random crypto!

​Emizikli onalar, sutingiz kammi? Sutim kam bolam toʻymaya | Uyqumashguloti

​Emizikli onalar, sutingiz kammi?

Sutim kam bolam toʻymayapti...
Qoʻshimcha ovqat bermoqchiman, qaysinisini tanlay?
Sutni qanday koʻpaytirish mumkin? 

Sizni ham shunday savollar bezovta qilyaltimi? Shoshmang!

Alloh har bir bolani o‘z rizqi bilan yaratgan. Har bir ona boʻlgan ayolga bolasini emizish hech qanday qiyinchiliksiz, o‘z-o‘zidan sut kelishi mo‘jizasini bergan. Juda kamdan kam ayollarda umuman sut kelmasligi mumkin. Bu har 100 tadan 2-3 ta ayollardagina uchraydigan noyob hodisa xolos.

Qolgan barcha ayollar Yaratgan bergan tabiiy sut ne'mati bilan farzandlarini bemalol katta qilishlari mumkin. Ayolda rostan sut kamligi va bola toʻymayotganligi haqida muammo borligini quyidagi holatlar yordamida bilish mumkin:

1. Bola emayotgan vaqtida bezovta boʻladi. Oyoqlarini tipirchilatib, norozi bo‘ladi.
2. Koʻkrak sutga to‘lmaydi, oʻta yumshoq bo‘ladi.
3. Bola yetarlicha vazn olmaydi.
4. Koʻp koʻkrak emsa va emib yotib uhlab qolsa-yu, siz koʻkrakdan ajratmoqchi boʻlganingizda yigʻlab uygʻonadi. 

Bu holatlar sizda uchramasa, demak sizda ko‘krak suti bilan bog‘liq muammo yo‘q. Agar sizda ham shunday holatlar uchrayotgan bo‘lsa, demak ikkinchi qismga o‘tamiz.

Nazoratli vazn oʻlchash yordamida aniq xulosa qilishingiz mumkin. Yangi tugʻilgan chaqaloqlar ilk oylarida haftasiga 175 gr dan vazn yigʻishi kerak bo‘ladi.

Sutkasiga 11-12 martagacha kichik hojat chiqarishi kerak. 

Sutkasiga 5-6 martagacha ichi kelishi kerak.

Bu belgilar qorni toʻyib emayotgan chaqaloqlarda kuzatiladi. Agar sizning farzandingizda shu belgilarni kuzatsangiz demak xotirjam boʻling, sizda sut yetarli ekan. Agar unday bo‘lmasa, chaqaloqlar shifokori bilan maslahatlashgan holda ratsioningiz, sut ko‘paytiruvchi mahsulotlar, dori yoki bolalar sun'iy qo‘shimchalari haqida maslahatlashsangiz bo‘ladi.

Shuni esizda tuting, onada "sutim kam" degan vahimaning o‘zi organizmda rostan ham sutning kamayishiga olib keladi.

@uyqumashguloti