Get Mystery Box with random crypto!

Bolani koʻkrakdan qachon ajratish kerak? Albatta, qachondir v | Uyqu mashgʻuloti

Bolani koʻkrakdan qachon ajratish kerak?

Albatta, qachondir vaqti kelib bolani ko‘krakdan ayirishga to‘g‘ri keladi. Bu bola uchun qanchalik qiyin boʻlsa, ona uchun ham shunchalik murakkab jarayon.

Qanday sabablarga koʻra koʻkrakdan ajratish kerak?
— Bola ikki yoshga yetib, ko‘krak sutiga ehtiyoj sezmagani uchun;
— Tishlari chiqib, tishlab olish holatlari ko‘paygani, mustaqil ovqatlana olgani uchun;
— Qorni ochmasa ham emishni “ermak” qilib olgani uchun;
— Ona yana homilador bo‘lsa yoki rejalashtirsa;
— Onaning sogʻligida oʻzgarish boʻlsa yoki sutga ta’sir qiladigan ba’zi dorilarni qabul qilishni boshlasa.

Qachon sutdan ayirish mumkin emas?
1. Bolaning tishi chiqayotganida;
2. Kasal bo‘lib qolganida;
3. Emlanganda ko‘krakdan chiqarish tavsiya etilmaydi. Chunki ona suti uni tinchlantiradi va og‘riqni bosadi.

Qachon ajratgan ma’qul?
Bolani qancha vaqt emizish kerakligi haqidagi savolga dinimizda shunday javob bor: Onaning ko‘krak sutini bolaga emizishi go‘dakning onasi zimmasidagi birinchi haqqidir. Baqara surasining 233-oyati mazmuni shunday: “Onalar bolalarini to‘la ikki yil emizadilar! Bu emizishni tugal qilmoqni istaganlar uchundir”. Go‘dakni ikki yil to‘lmasidan oldin ham unga ziyon qilmasa, ota-onasi kelishib sutdan chiqarish mumkin. Qachonki, emizikli ayol homilador bo‘lib qolsa, emayotgan bolasini sutdan chiqargani ma'qul. Chunki homilador onaning suti go‘dakka avvalgidek ozuqa bo‘lmay qoladi. Ammo homilador bo‘lgan emizikli ayol bolasini sutdan chiqarishga majbur etilmaydi. Unga bolasini emizish harom bo‘lmaydi. Homiladorlikda bolani sutdan chiqarish ehtiyot choralaridan biri, xolos.

Sutdan chiqarishning eng yaxshi fursati kecha-kun teng bo‘lgan payt. Kuzgi tenglik foydalidir. Bu paytda havo soviydi va badan faol bo‘ladi.

Koʻkrakdan ajratish usullari:
1. Asta-sekinlik bilan emizishlar soni kun davomida avval 3 mahalga, keyin 2, keyin 1 mahalga tushiriladi va oxirida mustaqil emizmay uxlatishga oʻtiladi.

2. Bola onani eng avval hididan taniydi shu sabab kiyimlar va ishlatiladigan atir, iforlarni almashtirish ham foyda beradi.

3. Bola onani koʻrmagan paytida koʻkrak soʻramaydi, shu sabab oila a’zolarning yordami bunday paytda juda muhim.

4. Bolaga yoqmaydigan, bemaza yoki taxir achchiqtosh, murch singari narsalar surilsa ham bola koʻkrak soʻramay qoʻyadi.


Siz farzandingizni necha yoshda sutdan chiqargansiz? Qanday usullardan foydalagansiz? Izohlarda yozib qoldiring!

@uyqumashguloti