Get Mystery Box with random crypto!

​Bolalar xonasida havo harorati Kunlar sovuq, anomal harorat | Uyqumashguloti

​Bolalar xonasida havo harorati

Kunlar sovuq, anomal harorat barchani tashvishga solib qoʻydi. Hamma imkon qadar uyini issiq tutishga harakat qiladi. Uy “issiq boʻlishi” deganda qanday harorat nazarda tutiladi? Bolalar xonasida harorat aslida qanday bo'lishi kerak? Hozir shu haqida gaplashamiz.

Qulay muhit va harorat chaqaloqning salomatligi uchun juda muhim. Shuning uchun uyda optimal havo harorati va namligini saqlashga harakat qilish kerak. Lekin chaqaloq sovqotishidan qoʻrqib, ba’zi kattalar uni notoʻgʻri yoʻllar bilan isitishga harakat qilishadi. Bu koʻpincha bolaning terlashiga va shamollashiga sabab boʻladi. Shu sababdan bola uchun xonadagi harorat qanday bo'lishi kerakligini bilish va xonaning haroratini unga moslashtirish juda muhim.

Inson tanasida issiqlik almashinuvi ikki yo'l bilan amalga oshiriladi:
1. Nafas olish tizimi orqali;
2. Terlash orqali.

Birinchi holda, bola harorati tana haroratidan past boʻlgan havoni nafas oladi. Havo massalari oʻpkadan oʻtib, ortiqcha issiqlikni olib tashlash uchun qiziy boshlaydi. Agar havo harorati bolaning haroratidan past bo'lsa, u holda issiqlik uzatish ortadi.
Ikkinchi holat — Inson tanasi uchun terlash jarayoni ham muhim. Koʻtarilgan harorat nafas olish mexanizmini "to'sib qo'yadi", shuning uchun terlash faollashadi. Bunda organizm teriga kiradigan suyuqliklarni ishlab chiqaradi va organizm uchun zarur bo'lgan tuzlarni olib tashlaydi. Natijada, bola qizib keta boshlaydi.

Uning belgilari:
— tupurikning qurishi;
— burun yoʻlida qobiq paydo boʻlishi,
— normal nafas olishni qiyinlashishi; — qorin bilan bog'liq muammolar, chunki suyuqlik etishmovchiligi oshqozon-ichak traktining organlariga sutni singdirishga imkon bermaydi;
— taglik ostidagi va burmalardagi terining qizarishi, chunki bolaning terisiga shoʻr ta’sir qiladi).

Koʻp terlash jarayoni bolaning tanasi uchun xavfli. Bola koʻp suyuqlik yoʻqotishi uning umumiy ahvolini ogʻirlashtirishi mumkin. Undan tashqari foydali tuzlar chiqib ketishi ham bola salomatligi uchun zararli. Pediatrlar va neonatologlar tadqiqotlariga koʻra, sogʻlom tug'ilgan chaqaloq uchun xona harorati 18-22 daraja orasida boʻlishi kerak.

Haddan tashqari qizib ketgan xonada bola uxlay olmaydi. Shuning uchun chaqaloqlar uygʻonadi va yigʻlaydi. Agar sizga bu harorat sovuq tuyilsa, chaqaloqning oyoqlari sovuqmi yoki nam boʻlmaganmi, tekshiring.

Agar:
— bola oʻzini normal his qilsa;
— uxlash vaqtida oʻzini xotirjam tutsa;
— bolaning terisida qizarish kuzatilmasa;
— bolaning oyoq-qoʻllari issiq boʻlsa;
— nafas olish va yurak urishi me’yorda boʻlsa, demak hammasi joyida.

Muhim!
— bolani isitgichlar yonida uxlatmang;
— xonada yuvilgan kirlarni quritmang;
— bolani 2 qavatdan ortiq kiyintirmang;
— xonada havo namligiga e’tibor bering.

Ma'lumotlar foydali bo'layotgan bo'lsa reaksiyalarni unutmang.

@uyqumashguloti