Get Mystery Box with random crypto!

Onajonlar, siz uchun muhim! Bolangizning zararli odatlari bor | Uyqu mashgʻuloti

Onajonlar, siz uchun muhim!

Bolangizning zararli odatlari bormi? Ularni oldini olish yoki yoʻqotish haqida bilishni xohlaysizmi? Unda bu post siz uchun.

Bolalar kun davomida ixtiyoriy yoki beixtiyor takrorlaydigan, ularning salomatligiga xavf tugʻdiradigan harakatlariga — zararli odatlar deyiladi.

Ularga:
— Barmogʻini soʻrishi;
— Tirnogʻini tishlashi;
— Kindik va jinsiy a’zolarini ushlash, oʻynash yoki kovlashi;
— Soch yoki qulogʻini oʻynash, tortishi;
— Boshini, ta’na a’zolarini devorga urishi kiradi.


Bu odatlar bola uchun ham xavfli, ham tashqaridan xunuk koʻrinadi. Undan tashqari bu odatlari sababli bola bog‘cha tengdoshlari va tarbiyachilari tarafidan uyaltirilishi mumkin.

Bunday odatlar kelib chiqishining eng asosiy sababi — bu psixologik muammolardir:
— ota-onaning e’tibori yetishmasligi;
— tarbiyada qo‘rqitish;
— kaltaklashning ko‘p ishlatilganligi
bo‘lishi mumkin. Bunday holatlarda bola barmog‘ini so‘rib yoki jinsiy a’zosini ushlab o‘zini tinchlantirishga harakat qiladi. Tirnog‘ini tishlab, sochini yulib yoki boshini urib o‘zini jazolashga harakat qiladi.

Bularning oldini olish uchun:
1. Farzandingizni ko‘krak suti bilan boqing. Bu nafaqat immuniteti, balki xotirjamligi uchun ham foydali boʻladi.
2. So‘rgich yoki ko‘krakdan chiqarayotganingizda e’tiborli bo‘ling. Bolada aynan shunday paytda zararli odatlar paydo boʻlishi mumkin.
3. Bola gigiyenasiga, badanining tozaligiga va ichki kiyimlari paxtali matodan boʻlishiga e’tibor bering. Shunda u hadeb ushlash mumkin boʻlmagan joylarga qoʻl yugurtiravermaydi.
4. Me’yordan ortiq qattiqqo‘llik qilmang. Bu uning irodasini sindirishga olib keladi.
5. Farzandingiz kichikligidan har bir o‘zgarishni nazorat qilib boring. Shunda har qanday koʻngilsiz hodisani oldini olgan boʻlasiz. Agar farzandingizda shunday odatlar kuzatilsa, ularni qanday bartaraf etish haqida bilmoqchi boʻlsangiz, belgisini qoldiring. Keyingi post shu haqida boʻladi.

@uyqumashguloti