Get Mystery Box with random crypto!

3 oydan katta bo'lgan har qanday sog'lom bolakay ota-onasining | Uyqu mashgʻuloti

3 oydan katta bo'lgan har qanday sog'lom bolakay ota-onasining yordamisiz mustaqil uxlay olishini bilasizmi?

Ooo, bu xuddi "Evrika"dek eshitildimi?

Lekin bilasizmi nima? Mustaqil uxlay olish (самостоятельное засыпание) ko'nikmasi ham xuddi yurish, qoshiq bilan ovqatlanish va gapirishni qanday o'rgatgan bo'lsangiz, shunday o'rgatiladigan malaka.

Buning uchun esa bolakayning uyqudagi muammosini o'rganib chiqish va e'tiborni aynan shu kemtikni to'ldirishga qaratish lozim.

To'g'ri aniqlangan muammo, masalaning yechimi muqarrar ekanligini ko'rsatadi.

Xooop, demak, birinchilardan bo'lib, bolaning uyqusidagi muammoni aniqlaymiz. Bir narsaga e'tibor bering, bola uyqusining soni emas, uning sifati juda muhim.

Agar bolakayning

uxlash protsessi juda ko'p vaqtni olsa;
sizning yordamingizsiz uyqudan uyg'ona olmasa;
tunda juda ko'p uyg'onsa;
ertalab juda erta uyg'onsa ( ertalabki 6 dan avval);
uxlashdan avval va uyg'ongandan keyin yig'lasa;
kunduzgi uyquga yotishni xohlamasa,
bilingki, farzaningizda uyqu bilan bog'liq muammo bor va bular uyquga to'ymaslikning alomatlari hisoblanadi.

Bizning programmamiz yordamida siz farzandingizdagi uyqu muammolarini aniqlaysiz va ularga kompleks yechim topasiz.

Yodingizda bo'lsin : bolakayga mustaqil uxlashni o'rgatishdan avval tayyorgarlik ko'rish juda ham muhim!

Ko'plab ota-onalar o'rtasida tarqalgan eng katta muammo - tayyorgarliksiz to'g'ri kelgan uyqu metodi yordamida bolada bu ko'nikmani shakllantirishga urinish. Biz o'z tajribalarimizdan kelib chiqqan holda, mustaqil uxlash ko'nikmasini shakllantirishda Sizga yordam beradigan bir necha tayyorlovni taqdim etmoqchimiz:
1. Uyqudagi xavfsizlik qoidalari va uyqu uchun sharoit ( qorong'ulik, sukunat, namlik darajasi va xona harorati).
2. Uyqudan oldingi rituallar.
3. Uyqu rejimi va bolaning uyg'oq soatlarining to'g'ri tashkillangani.
4. Oziqlanishlar va uyqu jadvali.
5. Krovatdagi uyqu.
6. Uxlashga yordam berish.
7. Mustaqil uyqu.

Sizning farzandingiz necha oylik(yosh)? Farzandingizda mustaqil uxlash ko'nikmasini shakllantirdingizmi yoki hali ham protsess davom etmoqdami?

Azizlar, reaksiyalarni unutmang

@uyqumashguloti