Get Mystery Box with random crypto!

Uxla, ajina kelyapti… Bolalar gapga kirishmasa, aytganimizni | Uyqumashguloti

Uxla, ajina kelyapti…

Bolalar gapga kirishmasa, aytganimizni qilishmasa ularni majburlaymiz. Koʻpincha majburlashda qo`rqitish usulini tanlaymiz. Masalan, uxlashni xohlamasa “doktor chaqiraman, ukol qiladi” deymiz. Bola qoʻrqqanidan oʻzini darrov uxlaganga soladi. Yoki kimgadir (ajina, loʻli, yomon odam) berib yuboraman deb qoʻrqitamiz. Xullas, uni qoʻrqitib aytganimizni qildirmoqchi boʻlamiz. Lekin bu qoʻrquv hissi uning ruhiyatida doimiy saqlanib qoladi.

Ruhshunosning aniqlashicha, bolada qoʻrquv turlicha namoyon boʻladi.
1. Agarafobiya — maydoncha yoki koʻchada yurishdan qoʻrqish.
2. Kaustrofobiya — eshikni berkitib, uyda oʻtirishdan qoʻrqish.
3. Monofobiya — uzoq vaqt yolgʻiz qolishdan qoʻrqish.
4. Nazofobiya — kasal boʻlishdan qoʻrqish;
5. Eyrotrofobiya — koʻpchilik oldida uyalib qolishdan qoʻrqish.

Boladagi qoʻrquv holati uni jur’atsiz qilib qoʻyadi. Chunki bunda bolakayning irodasi susayib, oʻziga nisbatan ishonchi yoʻqoladi. Shu holat bora-bora vahimachi boʻlib qolishga olib keladi. Vahima esa yana qoʻshimcha kasalliklarga sabab boʻladi. Bola qoʻrqqanida yuragi gupillab tez uradi, koʻz qorachiqlari kengayadi, qon bosimi pasayadi, rangi oqarib, sovuq ter bosadi. Ba’zan qattiq qoʻrquv ta’sirida nutq faoliyati buzilishi, ogʻiz qiyshayib qolishi yoki hushdan ketishi ham mumkin.

Shu sababdan bolani hech qachon qoʻrqitmang. Bolaning sogʻlom va xotirjam katta boʻlishi sizga bogʻliq. Agar sizda uni katta katta qilishda muammolar boʻlsa, uxlatishga qiynalsangiz bizga murojaat qiling. Biz sizga yordam berishdan mamnunmiz.

Ma'lumotlar foydali bo'layotgan bo'lsa reaksiyalarni unutmang.
Foydali ma'lumotlar yuborishda davom etamiz

@uyqumashguloti