Get Mystery Box with random crypto!

1 YOSHGACHA BO'LGAN BOLALARDA UYQU NORMASI. Tug'ilganidan bos | Uyqu mashgʻuloti

1 YOSHGACHA BO'LGAN BOLALARDA UYQU NORMASI.

Tug'ilganidan boshlab birinchi 3 oylik

Yangi tug'ilgan chaqaloqlar kecha-yu kunduz uxlashadi. Umumiy uyqu soatlari har bir kichkintoyda farq qiladi. Bu kuniga 10 soatdan 22 soatgacha bo'lishi mumkin. Bu davrda chaqaloqlar qisqa vaqt ichida uxlab qolishadi. Ovqatlanish uchun uygʻonishadi. Yaxshi uyqu va toʻyimli ozuqa farzandingizni kun sayin emas, soat sayin oʻsishiga xizmat qiladi.

Yangi tug'ilgan chaqaloqlar odatda juda tez uxlab qolishadi. Uyqu vaqtida ham faol boʻlishadi. Bu vaqtda bola tun va kunni farqlay olmaydi. Ya’ni chaqaloq qorong'i tushganda uxlash kerakligi haqida hali bilmaydi. Ular odatda 6 haftalik bo'lganlarida kecha va kunduzning bu ritmini o'rganishni boshlaydilar.
Siz yangi tug'ilgan chaqaloq bilan kunduzi o'ynab, kechasi esa xira va sokin muhitni ta'minlab, ko'proq uxlashni o'rganishga yordam berishingiz mumkin.

Uch oydan 6 oygacha
Bu yoshda chaqalog'ingiz kun davomida har biri 2 soatgacha bo'lgan muddatda 3 martagacha uxlashi mumkin. Ko'pchilik kuniga jami 14 dan 15 soatgacha uxlaydi. Ba'zi chaqaloqlar esa kechasi 8 soatgacha uxlaydilar. Bola katta boʻlgani sari faol uyqu miqdori kamayishni boshlaydi. Ular uyqu davrlarining boshida tinch uyquga kirisha boshlaydilar. Bu davrda bola kechasi qorni ochgani tufayli 1-2 martta uygʻonishi mumkin.

Olti oydan 12 oygacha
Taxminan 6 oylikdan boshlab chaqalog'ingizning uyqu rejimi siznikiga o'xshaydi. Bu yoshda chaqaloqlar kuniga o'rtacha 13 soat uxlaydilar. Ular tunda eng uzoq vaqt uxlashadi. Bu 11 soatgacha boʻlishi mumkin. Farzandingiz kunduzgi uyqular sonini kamaytira boshlaydi. Ularning uyqusi odatda 1-2 soatni tashkil qiladi. Bu davrda ham bola kechasi uygʻonadi. Endi faqat qorin toʻydirish uchun emas, siz bilan oʻynashni xohlashi mumkin.

12 oylikdan keyin
12 oylikdan boshlab chaqaloqlar uxlashi yaxshilanadi. Birinchi oylarga qaraganda chaqaloqlar uzoqroq uxlashadi. Kamroq uyg'onishadi. Kun davomida bir yoki ikki martta va kechasi ko'proq uxlashadi. 1 yoshga to'lganda bolalar kechasi 8 soatdan 12 soatgacha uxlashlari mumkin. Bu vaqt oraligʻida bir yoki ikki marta qorni ochgani yoki tagligini alishtirishingizni xohlab uyg'onishi mumkin va bu ularning yoshida norma hisoblanadi.

Ma'lumot sizlarga foydali bolsa reaksiya bildirishni unutmang

@uyqumashguloti