Get Mystery Box with random crypto!

6 oylik chaqaloqlarda uyqu normasi Sizni tabriklaymiz! Chaqa | Uyqu mashgʻuloti

6 oylik chaqaloqlarda uyqu normasi


Sizni tabriklaymiz! Chaqalogʻingiz hayotining murakkab boʻlgan dastlabki olti oyi ortda qoldi. Endi u ko'p narsani biladi. Deyarli har kuni sizni yangi oʻrgangan ko'nikmalari bilan xursand qila oladi. Shu bilan birga uning uyqusi ham o'zgaradi. Kun davomida avvalgiga nisbatan kamroq uxlaydi. Uyg'oqlik vaqti uzayadi.

Olti oylik chaqaloq hali ham tunlari ovqatlanish uchun uygʻonadi. Uygʻonmay uzoq davom etuvchi tungi uyqu vaqtlariga hali ancha vaqt bor.

Bolangiz bu davrda tez rivojlanadi. Faol harakatlanadi. Rivojlanishi yaxshi boʻlishi uchun esa unga yaxshi va sifatli uyqu juda muhim. 6 oylik chaqaloq uchun normal uyqu unga yangi ko'nikmalarni tezroq o'rganishga yordam beradi.

Olti oylik chaqaloq qancha uxlaydi?

Olti oylik chaqaloqning yoshi bo'yicha uyqu normasi kuniga 13 dan 15 soatgacha deb hisoblanadi.

Taxminan oltinchi oydan uyqu rejimining o'zgarishi kuzatila boshlaydi. Ya’ni, kunduzi uxlashlar soni 3 marttadan 2 marttaga oʻtadi. Bu aynan qachon va qanday sodir bo'lishi har bir bolaning individual xususiyatlariga bog'liq. Chaqaloqlar koʻp holatlarda 6-8 oyligidan boshlab kun davomida 2 marta uxlashga oʻrganishadi.

Bolaning kunduzgi uyqusining umumiy vaqti taxminan — 2-4 soat, kechasi — 10-12 soat davom etadi.

6 oyning oxiriga kelib, siz chaqalog'ingizni uxlatish qiyinlashganini sezasiz. Chunki bolaning uyquga yotqizish vaqti uzayadi. Uxlatishga qarshilik paydo bo'lishi mumkin.

Bu yoshdagi bolalar juda tez rivojlanadi. Ularning qobiliyatlari paydo boʻla boshlaydi. Shuning uchun bolaning uyqu rejimi tez-tez o'zgarib turadi. Hozircha buni aniq soatlarga moʻljallay olmaysiz. Lekin bola moslashuvchan boʻlib, asta-sekinlik bilan rejimga tushib boradi.

Kunduzgi uyqu

6 oyligida chaqaloq kun davomida 2 yoki 3 marta uxlaydi. Ularning davomiyligi 40 daqiqadan 2 soatgacha boʻlishi mumkin. Agar bola hozirgacha kun davomida uch martta uxlasa, bu uyqu oʻrtacha 1,5 soatni tashkil qiladi. Ba’zi chaqaloqlar xatto kuniga 4 marta uxlashi ham mumkin. Lekin bu uyqular davomiyligi uzoq boʻlmaydi. Ular odatda 30-40 daqiqani tashkil qiladi. 6-oyning oxiriga kelib, koʻpchilik bolalar kuniga 2 martta, lekin uzoqroq uxlash rejimiga tushib olishadi.

Tungi uyqu

Bu yoshda tungi uyquning davomiyligi 10 soatdan 12 soatgacha davom etadi. Bunda erta uxlatish muhimligini unutmang. Agar chaqaloq kunduzi 2 martta uxlayotgan boʻlsa, uni odatdagidan ko'ra tezroq uxlashga yotqizish kerak. Buni kechki 20:00- 21:00 dan kechiktirmaslik lozim.

@uyqumashguloti