Get Mystery Box with random crypto!

Assalomu alaykum, hurmatli Onajonlar! Hoooop ,o’ylaymanki, b | Uyqu mashgʻuloti

Assalomu alaykum, hurmatli Onajonlar!

Hoooop ,o’ylaymanki, bugungu mavzuyimiz barchaga qiziq, chunki, afsuski, bu qish va bahor mavsumida juda aktual muammo. Gap nima haqida ekanligini darrov anglagan bo’lsangiz kerak-a?

To’g’ri topdingiz, bu – O’RVI, ya’ni o’tkir respirator virusli infeksiyalar, xalq tilida esa SHAMOLLASH.

Yosh bolalar yoki chaqaloqlar ko’p shamollaganda, immuniteti sust ekan, deb o’ylaymiz-a? Aslida esa, bola har shamollaganidan so’ng tuzalganida, uning organizmida mana shu mikroblar bilan kurasha oladigan antitelolar shakllanadi. Demak, bu bolaning immuniteti sust, degani emas. Bola qancha kasallansa, uning organizmida turli viruslar bilan kurasha oladigan shuncha antitelolar bor, degani. Lekin antitelolar umri boqiy emasligini unutmang.

Bola immunitetini mustahkamlash uchun esa uni chiniqtirish zarur. Biz esa nima qilamiiiiiz? Darrov antibiotiklar, protivovirusniy, immunomodulyatorlar va yo’talga qarshi preparatlarga yuguramiiiiz.

Hop, mayli, keeling avval shamollashimiz sabablarini ko’rib chiqamiz va bir necha afsonalarga chek qo’yamiz. Biz yengil kiyinganimiz, sovuq ichimlik ichganimiz, tunda issiq o’ranib yotganimiz yoki muzqaymoq yeganimiz uchun shamollamaymiz. Biz mikroblar bilan aloqada bo’lganimiz uchun ham shamollaymiz.

Mikroblar bular – viruslar va bakteriyalar. Mikroblar ichimizga tushishi bilan bizning organizmimiz ularga qarshi keskin kurash boshlaydi. Lekin bir narsani unutmasligimiz zarur. Bakteriyali va virusli kasalliklar boshqa-boshqa usullarda davolanadi, bir xil dori vosiltalari bilan emas.


Farzandingizda virusli yoki bakteriyali kasallikning turini pediatr aniqlaydi, ularning simptomlari bir-biriga juda o’xshash bo’lganligi sababli, uni aniqlash biroz mushkul.


Bir narsani yodda tutish zarur: virusli kasalliklarni antibiotic bilan davolab bo’lmaydi. Bunday vaqtda bolaga antibiotic bersangiz, siz shunchaki bolaning immunitetini tushirgan bo’lasiz, organizmdagi foydali bifido va laktobakteriyalarni ham o’ldirgan bo’lasiz.

Onajonlar, mavzuyimiz sizga qiziqmi? Davom etaylikmi? Siz uchun yangiliklar bo’ldimi?


Endi esa to’g’risini ayting, mikroblar 2 turda bo’lishini va bular virus va bakteriyalar, ekanligini bilarmidingiz avval ham

@uyqumashguloti