Get Mystery Box with random crypto!

Hoooop, unda bu davr kelganda (uyqu regressiya) Onalar nima qi | Uyqu mashgʻuloti

Hoooop, unda bu davr kelganda (uyqu regressiya) Onalar nima qilishi kerak???

Siz chaqaloqning uyqu va uyg'onish vaqtini iloji boricha kuzatib borishingiz kerak. Agar kunduzgi uyqu qisqargan bo'lsa, u kechasi tez-tez uyg'onishni keltirib chiqaradi. Hatto erta tongda uyg'onish boshlanadi. Va bir necha kundan keyin yanada qisqaradi

Bu davrda farzandingizning uyquga qarshi turishi, uyquga yotkizganingizda injiqlik qilishi tabiiy holdir. Ammo u qarshilik ko'rsatgani uchun unga uyqu kerak emas, degan fikrga kelmang

Tinchlantiruvchi uyqu rejimi, ya'ni farzandingizning yoshiga mos tuzilgan tartibli uyqu rejimi bu davrda sizning qutqaruvchingiz bo'lishi mumkin.

"Mayli qanday uxlasa uxlasin, asosiysi, dam olsa bo'ldi", deb salbiy uyqu odatlariga qaytmang. Bu faqat chaqalog'ingizni chalg'itadi.

Aziz Onajonlar, sizning onalik tajribangizda ham UYQU REGRESSIYASI bo'lganmi? Bu davrda siz qanday yo'l tutgansiz. Tajribangiz bilan bo'lishsangiz?
Yoki bu davr kelganini ham bilmay o'tkizvorganmisiz

@uyqumashguloti