Get Mystery Box with random crypto!

Istimalayaptimi? Nimani kutayapsan, darrov antibiotik boshlasa | Uyqu mashgʻuloti

Istimalayaptimi? Nimani kutayapsan, darrov antibiotik boshlasang-chi...

Chaqalog'ing yo'talyaptimi? Tezroq yo'talga qarshi sirop ber, o'pkasiga o'tib ketmasin...

Voooy, bolangni isitmasi 37,5 bo'lib ketibdi-ku, nima qilib o'tiribsan, darrov isitma tushiradigan dorini olib kel...

Chaqaloqni isitmasi bormi? Kel spirtlab yoki uksusga suv aralashtirib, o'rab qo'yamiz, bir terlasa, isitmasi o'zi tushib ketadi...

Bolani sovuqda ko'chaga olib chiqmaaa, shamollatasan...

Bola kasal-ku, namuncha derazani ko'p ochasan, havoni alamashtirish kerak, deysanmi? Yop-ey ko'cha sovuq.

Onajonlar, ayniqsa yosh Onalar. Bu gaplar barchamizga tanish, to'g'rimi? Oilamizning kichik a'zolari - bolajonlarimiz kasal bo'lganda, o'zimizni ayblaymiz, yaxshi qaray olmadim, yomon onaman, deya koyinamiz. Ustiga ustak atrofimizda "maslahatgo'ylar" ham ko'payib ketadi. Barchaning maqsadi bir : BOLAKAYNI TUZATISH. Lekin berilayotgan maslahatning hammasi ham to'g'ri bo'lavermaydi-ku, to'g'rimi? Yuqorida ko'p beriladigan "tavsiyalar"ni keltirdik. Agar sizga qiziq bo'lsa, bularni qanchalik foydali yoki foydasiz va keraksiz ekanligi haqida maqolacha tayyorlaymiz. Har doimgidek siz Azizlardan reaksiyalar, bizdan esa manfaatli post

@uyqumashguloti