Get Mystery Box with random crypto!

Vitamin D Bu vitamin haqida eshitmagan, bilmagan ona bo'lmasa | Uyqu mashgʻuloti

Vitamin D
Bu vitamin haqida eshitmagan, bilmagan ona bo'lmasa kerak. Chaqaloq tug'ilishi bilanoq bu vitaminni ichish kun tartibining ajralmas bo'lagiga aylanadi. Chunki vitamin D :
1. Kalsiy-fosfor almashinuviga
2. Immunitet mustahkamligiga
3. O'simtalar bilan kurashga yordam beradi.

Vitamin Dni profilaktika maqsadida 6 oydan katta bolalarga 1000 MEgacha bo'lgan dozada berishimiz mumkin.
Bu degani Akvadetrim va Vigantoldan 2 tomchi. Ya'ni bu 2 preparatning 1 tomchisida 500 ME vitamin D mavjud.

Jahon Sog'liqni Saqlash Tashkiloti va Rossiya Federatsiyasi Pediatrlar Uyushmasi tavsiyasiga ko'ra, vitamin D dozalari bilan tanishing :

0-4 oygacha : 500 ME
4 oydan - 4 yoshgacha : 1000 ME
4 yoshdan -10 yoshgacha : 1500 ME
10 yoshdan keyin : 2000 ME

(Undan ko'p berish uchun esa albatta bolalar shifokori bilan maslahatlashib, qon tarkibidagi vitamin D miqdorini bilish uchun analiz topshirishimiz va vrach nazorati ostida dozani oshirishimiz mumkin)

Aslo yodingizdan chiqarmang : vitamin Dni o'zboshimchalik bilan ko'p dozada qabul qilish, organizmda bu vitamin miqdorini normadan oshib ketishiga olib keladi, buning oqibati esa bir qancha nojo'ya ta'sirlarni keltirib chiqaradi:

1. Umurtqa qiyshayishi
2. Suyaklarning mo'rtlashishi va oson sinishi
3. Qonning quyilib ketishi
Qadrli onajonlar, har narsada me'yorni saqlang!

Yana bir juda aktual mavzu : BAD ko'rinishidagi vitamin D. Ayniqsa, Amerika BADlari onalar va pediatrlar orasida juda mashhur. Lekin bir narsani yodingizdan chiqarmang, bu BAD lar, ya'ni BAQ ( biologik aktiv qo'shimchalar) aslo dori o'rnini bosmaydi. Barcha bu kabi vitaminlar qadog'ida quyidagi yozuv bo'ladi : these statements have not been evaluated by the Food and Drug administration. This product is not intended to diagnose, treat, cure or prevent any disease. Ya'ni " Bu mahsulot kasallikni davolamaydi va uning oldini olmaydi. Biz foyda berishini kafolatlamaymiz". Ko'rib turganingizdek BADlar dori emas sizni tuzatadigan, ular kunlik ovqatlarimizga qo'shimcha, xolos. Shu sababdan ham Aziz onajonlar, farzandingizga laboratoriya tekshiruvlaridan samarali o'tgan dori preparatlarini berishingizni iltimos qilar edik. BADlar dorilardek klinik tadqiqotlardan o'tmaydi. Foyda bersa, bermasa ishlab chiqarilaveradi.

Bir narsani eslatmasak bo'lmaydi : har bir Ona o'z farzandiga eng yaxshisini ravo ko'radi. Har doimgidek qaror o'zingizdan. Biz Sizlar uchun manfaatli ma'lumotlarni ilinishda davom etamiz

@uyqumashguloti