Get Mystery Box with random crypto!

Ona suti bilan tinimsiz oziqlantirish bola uyqusini yaxshilayd | Uyqumashguloti

Ona suti bilan tinimsiz oziqlantirish bola uyqusini yaxshilaydi(mi)?

Ko'krak suti bilan oziqlantirish haqida shu kunga qadar ham judayam ko'p tortishuvlar bo'lgan. Ya'ni bolani kechasi tinimsiz emizish uning uyqu sifatini yaxshilaydimi, degan savol ko'plab ikki tomonlama muzokaralarga sabab bo'lmoqda. Aslidachi? Keling, sizlar bilan buni tahlil qilamiz:

(Reaksiyalar uchun alohida tashakkurimizni bildiramiz.)

3 oygacha bolani ko'krak suti bilan oziqlantirish ya'ni bolaning talabiga ko'ra emizish (rejim bilan emas) judayam yaxshi yechim. Bu paytda laktatsiya davri yuzaga keladi. Lekin 4 oydan so'ng bolani har bir yig'isiga javoban emizaverish kerakmas! Balki bolaning tagligini almashtirish kerakdir, uyqusi kelayotgandir, isib ketgandir, sovuq qotgandir, zerikkandir.... Dastlab bolaga noqulaylik tug'dirayotgan narsalarni hal qiling, so'ngra ko'krak taklif eting. Bola emayotgan vaqtida uxlab qolmasligiga e'tiborli bo'ling.

Bolani uxlatish uchun emas, uyqudan uyg'otish uchun emizishga odatlaning.

4 oydan boshlab chaqaloq tungi oziqlanishlarni juda ko'p talab qilishni boshlaydi. Bunda sizning aybingiz katta, yuqorida aytganimizdek, ha, deganda emizavermang! Agar tuni bilan har soatda bolani emizishni xohlamasangiz, tunda rejim bilan emizishni yo'lga qo'ying. 4 oydan boshlab 3 marta, 6 oydan 2 marta, 8-9 oydan esa 1 marotaba emizishga odatlaning va bolani ham shunga ko'niktiring. Marhamat, endi siz ham tunda uxlasangiz bo'ladi.

Kunduzgi uyqularini ham emizishsiz olib borishga harakat qiling, albatta, asta-sekinlik bilan.

Kunduzgi qisqa uyqularni uzaytirish uchun albatta emizish shart emas, Onajonlar!


Bir narsani yodda tuting, bolani emizish va uni uxlatish aslo bir-biriga bog'liq bo'lmagan holatlardir. Shunday ekan, bu ikkisini bir-biriga bog'lab o'zingizning va kichkintoyingizning uyqusini murakkablashtirmang.

Xulosa shuki, bola uyqu sifati ko'krak suti bilan oziqlantirishga bog'liq emas. Aksincha, emizib uxlatish bolada mustaqil uyqu ko'nikmasini shakllantirish uchun to'sqinlik qiladi!

@uyqumashguloti