Get Mystery Box with random crypto!

To'g'risini aytsam, bu otzivni o'qiganimda ko'zlarimga yosh ke | Uyqumashguloti

To'g'risini aytsam, bu otzivni o'qiganimda ko'zlarimga yosh keldi.
Doim bu ishim savobli ish, deb o'ylar edim, lekin onalar buni tasdiqlaganlaridan so'ng, judayam boshqacha tuyg'u bilan his hildim.
Rahmat mening qadri baland, qat'iyati kuchli, sabrli mashg'ulotim Onajonlari.

Aslida Sizlarga ham oltin medal berilishi kerak. Sababi uy ishlari, qaynona-qaynota, turmush o'rtoqdan ortib, farzandingiz uchun minutini minutiga qo'yib, mashg'ulotni sabr va qat'iyat bilan o'z vaqtida bajarganingiz maqtovlarga sazovor. Sizlarga mehrim juda ham kuchli Rahmat barchaga, otziv yozmasa-da, dilida duo qilayotgan Onalarimiz ham borligini his qilaman Sizlarga ham chin qalbimdan rahmatlarimni yetkizishni xohladim, sizlarning duolaringiz bilan obunachilarimiz soni sezilarli darajada oshdi yana bir bor rahmat barchangizga!!!

@uyqumashguloti