Get Mystery Box with random crypto!

Uxlatuvchi dorilar - uyqu keltiruvchi dorilar; organizmga yubo | Uyqumashguloti

Uxlatuvchi dorilar - uyqu keltiruvchi dorilar; organizmga yuborilganda tabiiy uyquga monand holatni paydo qiladi. Uxlatuvchi dorilarning samarasi markaziy nerv sistemasining turli qismlariga tormozlovchi taʼsir koʻrsatishiga asoslangan. Uxlatuvchi dorilarning kichik dozasi kishini tinchlantiradi.
Uyquning turli buzilishlarida Uxlatuvchi dorilar qoʻllaniladi.
Uxlatuvchi dorilar uyqu keltirish tezligi hamda uxlatish muddatiga koʻra, uzoq muddatli va oʻrtacha muddatli dorilarga boʻlinadi. Vrach turlicha uyqu buzilishini davolash uchun dori tanlashda bu xususiyatlarni eʼtiborga olishi lozim.
Koʻpchilik Uxlatuvchi dorilar kuchli taʼsir etuvchi dori moddalari qatoriga kiradi. Ularni faqat vrach ruxsati bilan qabul qilish lozim, aks holda odam bu dorilarga oʻrganib qoladi.

Uyqu dorilarini dozasini oshirib istemol qilish, bolalarda turlicha nojoyi holatlarni keltirib chiqaradi.
Bolada miyya faoliyati sekinlashishi va u tengdoshlaridan ortda qolishi kuzatiladi.

@uyqumashguloti