Get Mystery Box with random crypto!

​​​​​Peshonadan oʻpish va epifiz bezi Rosululloh sallollohu a | Uyqumashguloti

​​​​​Peshonadan oʻpish va epifiz bezi

Rosululloh sallollohu alayhi vasallamning farzandlarimizni tez-tez oʻpib erkalashimiz haqidagi tavsiyalari esingizdami?! Zamonaviy tibbiyot ham buni tasdiqladi. Sunnat amallarning aslida insoniyat uchun qanchalik foydali ekanligini taʼkidlash ortiqcha. Bizning fitratimizda mavjud boʻlgan, vaqt oʻtishi bilan odatiy holdek qabul qilinayotgan koʻplab musulmonlarga xos amallar aslida hayotimizda qanchalar ahamiyatga egaligini bilamizmi?! Suratda koʻrib turganingiz ona bolaning surati. Ona bolasining peshonasidan oʻpyapdi. Peshonadan oʻpilganda oʻpayotgan odamda ham, peshonasiga oʻpich qoʻndirilgan odamda ham ajib bir tuygʻu paydo boʻladi. Buning sababi peshonadagi «Uchinchi koʻz» hisoblangan epifiz (pineal) bezining mavjudligidir. Yuzdan oʻpishdan farqli holda peshonadan oʻpganda insonning ruhiyatiga yaqinlashasiz. Agar farzandingiz injiqlik qilaversa, uni tinchlantirishning eng yaxshi yoʻli peshonasidan oʻpish. Uyquga yotayotganida ham peshonasidan oʻpib qoʻysangiz bola xotirjam va tiniqib uxlaydi. Shuningdek, bolaning basirati ochilib, aqliy malakasi mustahkamlanadi. Zehni oʻtkir, xotirasi kuchli boʻladi. Gormonal oʻzgarishlar ham meʼyorda kechadi, oʻziga nisbatan ishonchi ortadi. Qoʻrquvlari kamayadi, gapingizga quloq soladi. Salohiyatli boʻlib voyaga yetadi. Chunki peshonaning oʻrta qismi zehnga taʼsir qilish nuqtasi hisoblanadi. Rosululloh sallollohu alayhi vasallam bolalarning peshonalaridan oʻpardilar, hozirgi zamon mutaxasislari ham buni tavsiya qilishmoqda. Har bir ishida hikmat boʻlgan paygʻambarimiz sallollohu alayhi vasallamga soʻngsiz durudu salovotlar boʻlsin!

Turk tilidan Dilbar Rajabova tarjimasi

@uyqumashguloti