Get Mystery Box with random crypto!

#QABUL 2022 yil 24-aprel kuni S.H.Sirojiddinov nomidagi Res | Matematika (Topologiya& Geometriya)

#QABUL

2022 yil 24-aprel kuni S.H.Sirojiddinov nomidagi Respublika akademik litseyi Respublika miqyosida 9-sinf o’quvchilarini Akademik litseyga qabulining 1-bosqich (yozma ish) imtihonlariga yo'llanma beruvchi saralash bosqichi (faqat matemtika fanidan o'tkaziladi) bo'lib o'tadi.

Saralash-bosqichida mathnet.uz - Milliy matematika platformasining On-line sinov bo'limiga kirib, ro'yxatdan o'tish orqali (avval ro'yxatdan o'tgan bo'lsangiz o'z sahifangizga kirib Olimpiada bo'limida) "SARALASH BOSQICHI" deb nomlangan testlarni bajaring.

Saralash bosqichidan 70 va undan yuqori ball olgan o'quvchilar uchun 1-bosqich yozma ish imtihonlari 2022 yil 1-may kuni o'zi yashab turgan viloyat markazlarida joylashgan ro'yxatdagi OTMlarda (Toshkent shahri va Toshkent viloyati uchun 2022 yil 15-may kuni S.H.Sirojiddinov nomidagi Respublika akademik litseyi binosida ) o'tkaziladi.

2-bosqichga (yakuniy) yo'llanma olgan o'quvchilar uchun imtihonlar Davlat Test Markazi tomonidan o'tkaziladi.

Telegram | YouTube