Get Mystery Box with random crypto!

Abiturientlar diqqatiga Kelajakda yetuk injiner/muhandis bo’ | UYAJ Channel

Abiturientlar diqqatiga
Kelajakda yetuk injiner/muhandis bo’lishni istaysizmi?
Sizda, texnologiyalarga oid ta’lim bo’yicha mashhur bo’lgan Kyoto Ilg’or Fanlar Universitetida (KUAS) muhandislikni Ingliz tilida o’rganish imkoniyati mavjud!

2023 yil Sentyabr uchun qabul 1-dekabrda boshlandi. Tafsilotlar quyidagicha:

Ariza berish muddati:
- Bakalavr uchun qabul:
1-dekabr, 2022 - 13-yanvar, 2023
- Magistratura uchun qabul:
1-dekabr, 2022 - 27-yanvar, 2023

Ariza berish bosqichlari:
1. Ro'yxatdan o'tish ma'lumotlarini bosh sahifamizdan tekshiring
Bakalavr uchun:
https://www.kuas.ac.jp/en/faculty-of-engineering/undergraduate-ap/u-apply/#ap_link
Magistratura uchun:
https://www.kuas.ac.jp/en/faculty-of-engineering/graduate-ap/g-apply/#ap_link

2. Saytdagi hujjatlar topshirish qo’llanmasi (Application Guide) bilan tanishib chiqing.

3. Kerakli hujjatlarni to'plang. (Agar kerak bo'lsa, Ingliz tilini imtihonini topshiring)

4. TAO online platformasiga kerakli hujjatlarini yuklang. ⋆TAO = Online hujjatlar topshirish uchun mo’ljallangan platforma: Qabul idorasi.
https://admissions-office.net/en/portal/4

Sizda savollar paydo bo’lgan taqdirda, qabul komissiyasiga murojat qiling:
admission@kuas.ac.jp
Web site: https://www.kuas.ac.jp/en/
Facebook: https://www.facebook.com/KUASeng2020/ 
Instagram: #kuaseng