Get Mystery Box with random crypto!

​Aldanib qolmang ! 3 xonali kvartiramizni kengaytirish maqsad | 🏠 UY-JOY Sotaman 🏢

Aldanib qolmang !

3
xonali kvartiramizni kengaytirish maqsadida 5 xonali dom sotib oldik. Oldi sotdi jarayoni muammosiz o`tdi. Uy narxiga yarasha, yaxshi edi.
Lekin, 1 oy o`tar o`tmas bir rus yigit kelib "Meni uyimni bo`shatib qo`yinglar, uni sotmoqchiman" dedi.
Boshida hayron bo`ldik va hujjatlarni ko`rsatishni boshladik. Aniqlanishicha, uyning avvalgi egasi rus kampirga "g`amxo`rlik" qilgani uchun uyni unga hadya qilgan ekan. Lekin, propiskada bu yigit ham bo`lgan ekan (notariusdagi qalloblik sabab izi chiqmagan).
Mana bugun 3- sud bo`lishi kerak. Uyda tinchlik yo`q. Navbat kutib o`tirayotib, sizlarning kanalingizga xat yozishga qaror qildim.

Sud binosida bu qalloblardan jabrlangan yolg`iz men emasman. Shu sabab, boshqalarni ham ogohlantirib qo`yishni istadim.

@uy_joy_sotaman

Agar sizning ham o`z hayotiy hikoyangiz bo`lsa, uni bizga yuboring...