Get Mystery Box with random crypto!

'Kel bolaligim' sheʼri. Men tomon bolaligim yaqinroq kelgin. | Kimyo fakulteti press-service rasmiy kanali

"Kel bolaligim" sheʼri.


Men tomon bolaligim yaqinroq kelgin.
Quvonib shodon birga oʻynaylik.
Osmondagi yulduzlarni olib tergin.
Tizib qoʻllarimizga munchoq taqaylik.
Kelgin oʻyinchogʻimiz birga quchaylik.
Loydan ajib bir baxtning qasrini qurib.
Oppoq bulutlar uzra birga uchaylik.
Quvonchdan yayraylik gʻamlarimiz quvib.
Oʻynab kulib ikkimiz baxtli boʻlaylik.
Shirmoy kulchalarni deb chopaylik yelib.
Oʻsha baxtli lahzada abad qolaylik.
Shirin xotiramizni eslaylik kulib.
Bolaligim kel birga baxtni topaylik.
Ikkimiz shodlikdan yasaylik bir taxt.
Hasratning darchasini birga yopaylik.
Dili pora baxtsizlarga ulashaylik baxt.
Bolaligim mehr bozorin birga kezaylik.
Olib beraylik biz mehrsiz dillarga mehr.
Har bir mitti yurakni baxtga bezaylik.
Bagʻri tosh yuraklarda qoldirmayin qahr.
Bolaligim kel birga baxtni topaylik.
Oʻsha baxtli lahzada abad qolaylik.

1.07.2022y. 2:56

FOTIMA DILROZ


@FOTIMADILROZ