Get Mystery Box with random crypto!

Mustaqil Oʻzbekiston me’morini yod etib Joriy yilning 29-avgu | UWED Official | JIDU rasmiy

Mustaqil Oʻzbekiston me’morini yod etib

Joriy yilning 29-avgust kuni Islom Karimov ilmiy-ma’rifiy majmuasida Islom Karimov kutubxonasi ochilishi marosimi boʻlib oʻtdi.

Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti xotirasi haftaligi doirasida tashkil etilgan ushbu tadbirda I.Karimovning turmush oʻrtogʻi Tatyana Akbarovna Karimova ishtirok etib, kutubxonani tantanali ravishda ochib berdi.

Oʻz navbatida, mazkur marosimda, JIDU “Xalqaro iqtisodiyot va menejment” fakulteti dekani muovini Baxrom Nazaraliyev boshchiligidagi universitet talabalari ham faol ishtirok etishdi hamda faxriy mehmonlar qatorida minbarga chiqib, Mustaqil Oʻzbekiston asoschisi xotirasiga hurmat bajo keltirishdi.

@uwed_official