Get Mystery Box with random crypto!

Bir kanalda o'qib qoldim... Erim bilan kichkinagina qahvaxona | _atmosphere️

Bir kanalda o'qib qoldim...

Erim bilan kichkinagina qahvaxonada, qahva ichib oʻtirardik.
Erim yosh, qalban juda chiroyli inson edi va men uni sevardim.

Egnimda eskirgan palto.
Oʻzimga boʻlgan bahoyim pastligidan qiynalardim.
Meni isitish oʻrniga, faqat hunuk koʻrsatadigan paltodan esa, nafratlanardim.

Qahvaxona arzon, qahvasi ham bemaza.

Kun kelib, qimmat kiyimlarda, chiroyli qahvaxonada, shirin qahva ichib oʻtirishimizni orzu qilardim.
Hayollarim ortida erimning menga qaragan sevgi toʻla nigohlarini payqadim.
U meni sevardi, lekin meni nima tashvishga solishidan xabari yoʻq edi.

...u yosh vafot etdi.
Men esa, bir oʻzim qoldim.

Keyinchalik hayotimda, juda koʻp turli xil qahvaxonalar, shirin qahvalar va zamonaviy paltolar boʻldi.

Lekin, menga qaragan oʻsha sevgi toʻla koʻzlar yoʻq edi.