Get Mystery Box with random crypto!

Abituriyentlarni top 4 ta ko'p o'ylantiradigan savollar va ul | RANCH texnologiya universiteti️

Abituriyentlarni top 4 ta ko'p o'ylantiradigan savollar va ularga javoblar:

1. Universitet o'qituvchilari yaxshi tajribaga egami?
Har bir yo'nalishning ma'ruzalari va amaliy mashg'ulotlari o'z sohasida yuqori tajribaga ega, eng oxirgi va amaliy bilimlarga boy bo'lgan mutaxassislar, fan nomzodlari hamda professorlar o'qituvchilar tomonidan o'tiladi.

2.Shartnoma summasini 100% oldindan berish kerakmi?
Yo'q, bizda oldindan 50% to'lov mavjud va shuningdek siz ta'lim krediti olib ham to'lovni amalga oshirishingiz mumkin bo'ladi.

3. Diplom ishga kirishimga yaraydimi?
O'zbekiston Respublikasi "Ta'lim to'grisda"gi qonnuni 31-moddasiga binoan:
"Nodavlat ta’lim tashkilotlari litsenziya talablariga va shartlariga muvofiq ta’lim xizmatlari ko‘rsatadi. Davlat ta’lim standartlari va davlat ta’lim talablariga muvofiq ta’lim xizmatlarini ko‘rsatuvchi nodavlat ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarni beradi."
(23.09.2020 yildagi O‘RQ-637-son)

4. Universitetga to'lovni amalga oshirgandang keyin, aldanib qolmaymanmi?
To'lovni amalga oshirishdan oldin Siz bilan universitetimiz o'rtasida shartnoma tuziladi. Shartnoma bilan tanishib chiqqaningizdan keyin to'lovni amlaga oshirasiz.

Siz ham UTU RANCH talabasi bo'ling. Kelajagingiz uchun foydali bilimlarni o'zlashtiring va qo'rquvdan bartaraf bo'ling.

На Русском

Instagram | Telegram | Facebook | Veb Sayt