Get Mystery Box with random crypto!

Utopia🎈

Telegram kanalining logotibi utopian_mee — Utopia🎈 U
Telegram kanalining logotibi utopian_mee — Utopia🎈
Kanal manzili: @utopian_mee
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 84
Kanalning ta’rifi

Think with your heart 💜

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2023-03-05 13:28:44
Xurmatli o'zim!
Boshingga qanday sinovlar sherik bo'lsa ham, hayotingga qanday musibat kirsa ham–sendagi iymon va iroda qalbingni yomonlikdan, umringni tushkunlikdan himoya qilishga yetarli bo'ladi deb umid qilaman.

O'tgan kunlaringni bir esla..
Bir zum bo'lsada, o'tmishga qaytaylik.
Ne-ne sinovlarga dosh berding?
Ne-ne qiyinchiliklardan o'tding?
Ortingdan otilgan toshlarchi?
Dilingni tilka pora qilgan o'sha achchiq so'zlarni ham eslaysanmi?

Hozirgi kunlar–yanada go'zal kunlarning boshlang'ich qismi.
Seni qalbing chiroyli..sen hali ko'p quvonasan, ko'p kulasan..
Qo'lingni siltama, tepaga ko'tar va hovuchlaringni ochib, nafasing yetguncha, to'xtamay duo qil.
Shu kungacha duolaring ijobatini ko'rib kelyapsan, bundan keyin ham ko'rasan.
59 viewsZafarovna , 10:28
Ochish/sharhlash
2023-03-04 15:41:36
Aslida yaxshilab o'ylasak o'tkinchi hislar uchun nafsimizni quli bo'lar ekanmiz. Nafs doim foydasiz va zararli narsalarni xohlaydi. Masalan gazli ichimliklar va fast food kabi zararli taomlarni mazza qilib yeymiz. Faqatgina bir onlik nafsimizni qondirish uchun... Keyin bo'lsa kunlab, haftalab nafsimizni tiyolmaganimiz uchun qiynalamiz. Oshqozonimiz qiynaladi, ortiqcha vazn olamiz vahokazo.. Huddi shu holat, harom va halol orasida ham bor. Nafsimizga harom ishlar yoqadi va ularni qilib, faqatgina o'sha vaqtda o'zimizni yaxshi his qilishimiz mumkun. Shunda ham Allohdan qo'rqqan kishi harom ish qilib qo'ysa, zavq ham ololmaydi. Lekin u gunohning bizda qoldirgan izi tavba qilmagunimizcha qalbimizda kir bo'lib qolib ketadi. Aytmoqchi bo'lganim, shunchaki foniy hayot uchun, boqiy hayotimizni kuydiramiz..

Fikrat
60 viewsZafarovna , 12:41
Ochish/sharhlash
2023-03-01 08:05:45 Hello Spring
93 viewsZafarovna , 05:05
Ochish/sharhlash
2023-02-28 06:49:06
Men uchun hurmat va sevgining oʻrni bir xil.
Erkakni hurmat qilish–tabiiy va odatiy, ammo ayolga boʻlgan hurmat–butun boshli sanʼatga oʻxshaydi.
Zero inson uni, nafaqat dunyodan, baʼzan esa, oʻz zulmatidan, oʻzidan ham himoya qilish kerak.
Oʻz gʻazabi, befarqligi bilan unga ozor yetkazmasligi kerak..
Hamma erkak ham ayolni hurmat qilishga qodir emas..
Bunday hurmatning natijasi–erkakka toʻla ishonch va ayollik baxtidir.
100 viewsZafarovna , 03:49
Ochish/sharhlash
2023-02-27 09:22:08
8-mart ham yaqinlashmoqda
Menga nima sovg'a qilishni o'ylayotganlar uchun namyok

@utopian_mee
104 viewsZafarovna , 06:22
Ochish/sharhlash
2023-02-26 15:16:32
Nechun chorlayverar sir toʻla samo?
Balki, kimdir bizga ilhaq koʻkda ham...

Behzod Fazliddin

@utopian_mee
93 viewsZafarovna , 12:16
Ochish/sharhlash
2023-02-24 20:02:55 «Sakkiz yoshli “men”, hozirgidan ancha kuchliroq edi. U paytlar hech narsadan qo’rqmasdim, chunki ko’p narsalar haqida o’ylamasdim ham. Yoshing ulg’ayib, yanada aqling rasolashib borganida esa, hamma narsa haqida bosh qotira boshlaysan. Qarabsanki, yoshlikdagi jasurlik kamayib boradi»

Eliza K «Yulduzli chiroqchalar»

@utopian_mee
95 viewsZafarovna , edited  17:02
Ochish/sharhlash
2023-02-24 10:32:43
Kecha mendan, "ichi boʻshab qolgan insonga nima degan boʻlarding" deb soʻrashdi.
Men, shu boʻshliq oʻtib ketishini kutishini dedim.
Toki, turib kichik qadam tashlashga kuchni sezmas ekan, bu boʻshliqni yashash kerak.
Baxtsiz holda, oʻzingizni baxtli boʻlishga majbur qilmang, oʻzingizga adogʻi yoʻq "oʻzingni qoʻlga ol, nimadir qil", "sen yigʻlab oʻtiribsan, baxt esa ketib qolayapti", "orzu qilishning emas, harakat qilishning vaqti" degan maslahatlarni yuklamang.
Yana xavflirog'i, oʻzingizni kim bilandir solishtirish, kim kuchliroq, irodaliroq, muvaffaqiyatliroq kabi.
Har kimning hayot tezligi oʻziga xos.
Voqealar rivoji kimdadir sekin astalik bilan, kimdadir juda tez oʻtib ketadi.

Eng tubida boʻlsangiz ham, unutmang, yuqorida quyosh bor, albatta, uyg'onib hammasi yaxshi ekanini anglaydigan tong ham otadi.
100 viewsZafarovna , 07:32
Ochish/sharhlash