Get Mystery Box with random crypto!

#soliq_taqvimi Eslatma Agar soliq majburiyatini bajarish m | "UTIS TAX COM" - Tax consulting. Soliq maslahati. Налоговое консультирование.

#soliq_taqvimi

Eslatma Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi. Shu sababli 2023-yil 23-mart

fevral oyi uchun:

- QQS hisobotini taqdim etish va soliqni to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 273-modda 1-2 qismlar);

- agar fevral oyida dividendlar va foizlar hisoblangan bo‘lsa, dividendlar va foizlardan olinadigan soliq summasi bo‘yicha soliq hisobotini taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 345-modda 5-qism);

- norezidentlarning daromadlaridan olinadigan soliq summalari bo‘yicha soliq hisobotini soliq agenti tomonidan taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 355-modda 1-qism);

- yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqning hisob-kitobini taqdim etish va to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 454-modda 3-4 qismlar);

- suv resurslaridan foydalanganlik uchun bo‘nak to‘lovlar:
soliq davrida soliq summasi BHMning 200 baravaridan ko‘proqni tashkil etadigan yuridik shaxslar tomonidan (AOS to‘lovchilar bundan mustasno) yillik soliq summasining 1/12 miqdorida;
soliq davrida soliq summasi BHMning 200 baravaridan kamroqni tashkil etadigan, AOS to‘lovchi bo‘lmagan yuridik shaxslar, shuningdek, AOS to‘lovchilar va YaTTlar tomonidan yillik soliq summasining 1/4 qismi miqdorida to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 448-modda 3-qism)

I chorak uchun:

- AOS to‘lovchilar tomonidan mol-mulk solig‘i yillik summasining 1/4 qismi miqdorida bo‘nak to‘lovlarni to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 417-modda 6-qism);

mart oyi uchun:

- jami daromadi joriy soliq davridan oldingi soliq davri uchun kiritilgan tuzatishlar hisobga olingan holda 5 mlrd so‘mdan oshadigan foyda solig‘i to‘lovchilari har oylik bo‘nak to‘lovlarini to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 340-modda 2-qism).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter